Futbol

«Real» jiddiy muammoga duch kelmoqda

268

Madridning «Real» klubi o‘z jamoasi hujumchisi Marko Asensioni sotishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda, deb xabar beradi El Nacional.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» homiysi Adidas ispaniyalik futbolchining sotilishiga qarshi. Kompaniya allaqachon «Real Madrid» prezidenti Florentino Peresga Asensioni sotish g‘oyasidan voz kechishi uchun bosim o‘tkaza boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli hujumchiga Londonning «Arsenal», Turinning «Yuventus» va «Milan» kabi bir qancha top-klublar qiziqish bildirmoqda.

2021/2022 yilgi mavsumda Asensio 34 ta qarama-qarshilikda qatnashib, 10 ta gol urdi.

Fikr bildirish