“Ayaks”ning gollandiyalik yarimhimoyachisi Rayan Gravenberx yozgi transfer oynasida “Real”ga o‘tishi mumkin, deb xabar beradi “OKDiario”.
Manbaga ko‘ra, Madridning “Real” klubi Gravenberxning roziligini allaqachon olgan, chunki futbolchi “Santyago Bernabeu”da o‘ynashni istamoqda.
Qayd etilishicha, madridliklar hozirda “Ayaks” bilan muzokaralarni boshlash uchun eng qulay vaqtni kutmoqda, chunki ular yarimhimoyachining transferi bo‘yicha kelishuv taxminan 40 million yevroga tushishini bilishadi.
Xabar qilinishicha, Gravenberx bu yozda “qirollik klubi” yarimhimoyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi Gollandiya chempionatining 19 ta o‘yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.