Futbol

«Real» safida sotqin paydo bo‘ldi

154

«Real Madrid» muxlislaridan biri ijtimoiy tarmoqda jamoa yarim himoyachisi Isko «Chelsi»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning asosiy tarkibi borasida ma’lumotlar chiqargani haqida xabar qoldirdi.

Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi oldidan Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bahs boshlanishiga ikki soat qolganda, odatdagidan ancha ertaroq jamoaning asosiy tarkibini oshkor qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Anchelottining bunday qilishiga sabab, u «Real Madrid»ning kiyinish xonasidagi bu futbolchi haqida bilgan va keyinroq yana o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan.

«Real Madrid» muxlislaridan biri ijtimoiy tarmoqda bu odam Isko ekanligini yozdi.

Fikr bildirish