“Manchester Siti” hujumchisi Riyad Maxrez 23 yoshli model Teylor Uordga yashirincha uylandi, deb xabar bermoqda The Sun. Marosim an’anaviy musulmon uslubida o‘tkazildi. Manbaning qayd etishicha, sevishganlar ushbu mamlakatda nikoh qonuniy deb topilishi uchun Buyuk Britaniyada yana bir marosim o‘tkazish niyatida.
“Maxrez va Teylor endi islom qonunlariga muvofiq qonuniy nikohda. Ular uchun diniy an’analarga rioya qilish muhim edi. Marosim qisqa bo‘ldi. Endi ular ikkinchi to‘yga yo‘l olishdi, bu asosiy voqea bo‘ladi. Teylor va Riyad baxtli va bir-birlarini juda yaxshi ko‘rishadi”, — dedi marosim mehmoni.
Er-xotin 2021 yil iyun oyida unashtirilganliklarini e’lon qilishdi. Maxrez o‘z sevgilisiga 480 ming yevrolik uzuk sovg‘a qolgan edi.