Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining «Instagram»dagi rasmiy sahifasida 2021 yil sarhisobini ma’lum qildi.
«2021 yil o‘z yakuniga yetdi, garchi, barcha turnirlarda 47 ta gol kiritgan bo‘lsam-da, oson yil bo‘lmadi. Ikki klub, beshta turli xil murabbiylar. Milliy terma jamoa tarkibida Yevropa chempionatining final bosqichi, JCH-2022 saralash bosqichi. “Yuventus” tarkibida Italiya Kubogi va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritganimdan va A Seriya to‘purari bo‘lganimdan faxrlanaman.
Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida to‘purar bo‘lganim ham yilning eng yaxshi sovrini bo‘ldi. Albatta, «Old Trafford»ga qaytishim har doim faoliyatimdagi eng yorqin lahzalar bo‘lib qoladi», — deb post qoldirdi Ronaldu.