Futbol

Ronaldu faoliyati davomida ushbu sovrinni ilk bora qo‘lga kiritdi

180

«Manchester Yunayted»ning portugaliyalik yulduzi Krishtianu Ronaldu APLda mart oyining eng chiroyli golini kiritdi deb topildi.

APL matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi «Tottenxem» klubi darvozasiga urgan uchta golidan biri uchun mukofot olgan. O‘sha bahsda Ronaldu uzoq masofdan «shporlar» darvozasini aniq nishonga olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu o‘z faoliyatida birinchi marta bunday sovringa ega bo‘ldi.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Fikr bildirish