Qayd etilishicha, Ronaldu Rangnikdan ikki hujumchi bilan o‘ynash kerakligini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli portugaliyalik Angliyaga qaytganida «Manchester Yunayted» 4-2-2-2 va 4-4-2 sxemasi bo‘yicha o‘ynadi. Ammo hujumchi Meyson Grinvud bilan yuz bergan mojaro va yarim himoyachi Pol Pogba qaytganidan so‘ng jamoa 4-3-3 sxemasiga o‘tdi.
Joriy mavsumda Ronaldu «Manchester Yunayted» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. APLning 26-turidan keyin «Manchester Yunayted» 46 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.