Gabriyel Agbonlahor «Manchester Yunayted»ning «Nyukasl»ga qarshi o‘yindagi xatolarini aniqladi. Uning fikricha, bunda Ronalduning aybi ko‘proq.
Bu o‘yinda Ronaldu o‘zini juda yomon tutdi. U maydonni tark etganida xafa bo‘lib ko‘rindi. Menimcha, kiyinish xonasida u sheriklaridan xafa bo‘lgan.
Ronalduning o‘yinga munosabati noto‘g‘ri. Agar men Reshford, Sancho va Grinvudlar o‘rnida bo‘lganimda, darvozaga zarba berishdan qo‘rqardim. Har safar ularning harakatlaridan keyin qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, nega menga uzatmaysan deydigan Ronaldu bor chunki.
Bu klubning kiyinish xonasida kelishish yo‘q. Ronaldu chiqishidan oldin Grinvud raqiblarini aldadi va darvozaga zarba berdi. Ammo o‘z xatosidan so‘ng qo‘rqa boshladi, bu esa yomon», — deydi Agbonlaxor.