Boks/MMA

Rossiya Tokioda boks bo’yicha ilk oltin medalini qo’lga kiritdi.

437

Bugungi boks bahslari davomida -57 kg vazn toifasida final bahsi bo’lib o’tdi. Unda Rossiyalik Albert Batirgaziev AQSH vakili Dyuk Reganga qarshi jang qildi va 3:2 hisobida g’alaba qozonib terma jamoasiga boksdagi ilk oltin medalni taqdim etdi.

Bungacha boks bahslarida ikkita oltin medalni kubaliklar qo’lga kiritishgandi. 

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Mirazizbek Mirzahalilov himoya qildi. CHorak finaldagi irlandiyalik Kurt Uolkerga qarshi jang yakunida hakamlarning adolatsiz qarori tufayli referi Uolkerning qo’lini ko’targan edi. SHu tariqa, bokschimiz uchun Tokio Olimpiadasi alamli yakun topgandi.

-57 kg vazn toifasidagi sovrindorlar:

1. Albert Batirgaziev (ROQ)

2. Dyuk Regan (AQSH)

3. Lasaro Alvares (Kuba)

3. Samuel Taki (Gana)

Rossiya Tokioda boks bo'yicha ilk oltin medalini qo'lga kiritdi.

Fikr bildirish