“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salax klub bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Klub va futbolchi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2023- yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Shundan so‘ng Salax erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tadi. Qayd etilishicha, “PSJ” misrlik uchun kurashda favorit hisoblanadi.
Oldinroq “Liverpul” Salaxning o‘rnini “Borussiya” vingeri Jeydon Sancho bilan to‘ldirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.