«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar beradi The Mirror.
29 yoshli hujumchi maoshi talabini kamaytirishga tayyor. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi haftasiga 500 ming funt maosh olishi mumkin va bu Krishtianu Ronalduning «MYU»dagi maoshi bilan teng miqdorda bo‘ladi. Saloh mersisaydliklar bilan yangi 4 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Muhammadning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Oldinroq Saloh «Barselona»da o‘ynashni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.