Super engil vazn toifasidagi prof bokschimiz SHohjahon Ergashev IBF reytingida qayd etgan o’rni haqida hazilomuz (balki, kesatish ohangida) tarzda fikr bildirdi.
Bokschi saytimiz tomonidan yaratilgan posterni Instagram «stories»iga joylab: «IBF’ni rahbariga choyxonada osh qilib berganmiz. Bu erda IBF adashgan, men bokschilar bilan urushmaymanku, qanday qilib meni 4-o’ringa qo’yadi. IBF aslida o’qimagan, boksni b harfini tushunmaydigan bolalardan so’rash kerak edi, essiz», – deb yozib qoldirdi.