Futbol

Shomurodovning ampluadoshi asosiy tarkibdan chetlashtirildi

158

Il Messaggero xabariga ko‘ra, «Roma» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Feliks Afina-Gyanni shanba kuni tungi klubga borganidan hafsalasi pir bo‘lganligi sababli, uni asosiy tarkibdan chetlashtirildi.

Ganalik futbolchi joriy mavsumda Mourinyo qo‘l ostida debyut qildi va A Seriyada ikkita gol urdi.

Gyan Italiya A Seriyasida 12 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgandi. Ammo endi u keyingi bir necha hafta davomida jamoaning asosiy tarkibida bo‘lmaydi. Mourinyo uni o‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazishga qaror qildi.

Avvalroq «Roma» o‘z futbolchilaridan koronavirus yuqtirmaslik uchun odamlar gavjum joylarga chiqmaslikni so‘ragandi.

Fikr bildirish