Boks/MMA

So’nggi paytlarda yurtimizda boks hakamlari faoliyatini yanada rivojlantirishga ehtiyoj tug’ilmoqda.

176

SHu maqsadda O’zbekiston boks federaciyasi rahbariyati yurtimizdagi boks hakamlari malakasini oshirish, ushbu yo’nalishda yangiliklarni tatbiq etish borasida amaliy ishlarni boshlab yuborgan. 

Kecha shu maqsadda boks hakamlari ishtirokida onlayn yig’ilish tashkil etildi.

Yo’lga qo’yilgan loyiha haqida AIBA musobaqalar o’tkazish qo’mitasi, ASBC musobaqalar o’tkazish komissiyasi azosi SHohid Tillaboev tomonidan tushuntirib berildi. 

Ushbu yo’lga qo’yilayotgan tizimdan maqsad, boks hakamlarida malakani oshirish, hakamlikda adolat, shaffoflik masalalarini kuchaytirishdan iborat. 

Hakamlik masalasidagi muammolar o’z navbatida selekciya ishlariga ham tasir qilayotgani, buning oqibatida iqtidorlar ko’zga ko’rinmay qolib ketayotganligi takidlandi. 

Rejaga ko’ra, 4-7 dekabr kunlari Buyuk Britaniya va Ukrainadan AIBAning tajribali instruktorlari o’zbekistonlik hakamlar uchun seminar o’tadi va yangi tizimning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradi. Seminarda qatnashgan tinglovchilar AIBAning tajribali instruktorlariga imtihon topshirishadi.  Bu orqali hakamlarimiz malakasini oshirish va xalqaro arenalarda o’zbekistonlik hakamlarning sonini ko’paytirish maqsad qilingan.

O’zbekiston boks federaciyasi hakamlikda o’zini sinab ko’rmoqchi bo’lgan hamyurtlarimiz uchun tanlov elon qilgandi. Ayni paytda hakamlikka talabgorlarni ro’yxatga olish ishlari davom etmoqda. Mazkur tanlov ham yurtimizda hakamlik korpusini rivojlantirishning muhim bo’lgan qismlaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Fikr bildirish