Futbol

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

397

Har qanday chempionatda o‘ziga xos «dushman» klublar bor. Ammo, biz hozir jamoalar haqida emas, balki o‘sha kabi klublarning har ikkisida ham o‘ynagan «sotqin» futbolchilar haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Fernando Torres

(«Liverpul» – «Chelsi»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Bir necha yil avval faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan hujumchi 2007 yil ispan futbolining eng eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida «Liverpul»ga ko‘chib o‘tdi. Darhaqiqat, hujumchining «qizillar» libosdagi o‘yinlari muxlislarning qalbidan joy olgan. Uch yarim yil ichida Fernando 142 ta o‘yin o‘tkazdi va 81 ta gol urdi va mersisaydliklar afsonasiga aylandi. Ammo, «Chelsi»dan taklif tushganda, Torres rad eta olmadi. Klub rahbariyati «londonliklar»ning iltimosini rad etdi, biroq futbolchining o‘zi uni sotishni talab qildi, bu esa muxlislarning g‘azabini qo‘zg‘atdi. Muxlislar Fernando bilan munosib xayrlashish o‘rniga familiyasi yozilgan futbolkani yoqib yuborgan holda xayrlashdilar. «Ko‘klar» «Liverpul»ning asosiy raqibi bo‘lmasa-da, o‘shandan beri Torres «Enfild» tribunalari uchun haqiqiy «dushman»ga aylandi.

Robin van Persi

(«Arsenal» – «Manchester Yunayted»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar
Tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, «Tottenxem» – «Arsenal»ning asosiy raqibi. Biroq, asr boshlarida «kanonirlar»da yana bir prinsipial raqib – «Manchester Yunayted» paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, bu yerda sport komponenti katta rol o‘ynadi, chunki o‘sha yillarda chempionlik uchun kurash Ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Aynan shu sababdan Robin van Persining Londondan «Old Trafford»ga o‘tishi poytaxt jamoasi muxlislari uchun juda alamli bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, ular gollandiyalikka bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish uchun yana bir jiddiy dalilga ega bo‘lishdi. Dastlab, uning «Arsenal»dagi faoliyati samara bermadi va faqat Vengerning ishonchi hujumchining eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga yordam berdi.

Garchi Van Persining o‘zi bunga ahamiyat bermagan bo‘lsa-da, muxlislar yodidan ko‘tarilmagan edi. Darhaqiqat, «Manchester Yunayted» tarkibida Van Persi ataylab o‘zi uchun 20-raqamni oldi, shundan so‘ng mankunianlarga Angliya chempioni unvonini olishga munosib yordam berdi.

Robert Levandovski

(«Borussiya D» – «Bavariya»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

2009 yilda Levandovski «Lex»dan «Borussiya»ga ko‘chib o‘tganda, u mashhur hujumchilar qatorida emas edi. Ammo Dortmundda Yurgen Klopp boshchiligida u haqiqatan ham to‘purarga aylandi. Bundesligada 187 ta o‘yin, 103 ta gol va ikkita oltin medal – bu polyakning «asalariar» safidagi statistikasi.

Shundan so‘ng, «Bavariya» asosiy raqibni kuchsizlantirish uchun Levandovskini sotib olish kerakligini tushundi va ular hujumchini o‘z tomoniga og‘dirishga muvaffaq bo‘lishdi. «Borussiya» Robertni «Chelsi» yoki «Real»ga sotmoqchi bo‘ldi, lekin futbolchining o‘zi buni rad etdi. U shartnoma tugashini oxirigacha kutdi va Myunxen klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi, bu esa «asalarilar» muxlislarini qattiq xafa qildi va hozirda ham, Leva ularni xafa qilishda davom etmoqda.

Karlos Teves

(«Manchester Yunayted» – «Manchester Siti»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Hujumchi Karlos Tevesning ingliz chempionatlaridagi faoliyati «Vest Xem»da boshlangan, ammo tez orada uning mahorati grand klublar darajasida ekanligi ayon bo‘ldi. Shunday qilib, forvard «Manchester Yunayted»ga ijara asosiyda ko‘chib o‘tdi. U yerda ikki yil ichida ikki marta Premyer-ligada, shuningdek Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Ammo klub argentinalik futbolchini «bolg‘achilar»dan sotib olmoqchi bo‘lib, unga foydali shartnoma taklif qildi, futbolchi to‘satdan «qizil iblislar»ning dushmanlaridan biri – «Manchester Siti»ga o‘tishga qaror qildi.

Albatta, Tevesning o‘tishining sababi moliyaviy holat edi, lekin bu muammoning yarmi edi, chunki Karlosning keyingi xatti-harakatlari «Manchester Yunayted» muxlislarini undan nafratlanishiga olib keldi.

Transferdan so‘ng, argentinalik Fergyuson haqida juda xushomad qilmadi, lekin Angliya chempionatidagi g‘alabasini nishonlab, boshiga «R.I.P. Fergi».

Mario Gyotse

(«Borussiya D» – «Bavariya»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Hujumkor yarimhimoyachi Mario Gyotse «Borussiya Dortmund» akademiyasining tarbiyalanuvchisidir. U 9 yoshidan «asalarilar» futbol maktabida o‘qigan va asosiy jamoa o‘yinchisigacha aylanish uchun barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Bundan tashqari, nemis asosiy jamoaga kelishi Yurgen Klopp klub boshqaruviga o‘tishi va aynan ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan yillariga to‘g‘ri kelgan.

Uning Myunxen klubiga o‘tishi 2012/2013 yilgi mavsum oxirida ma’lum bo‘ldi. «Asalarilar» myunxenliklar bilan birgalikda Chempionlar Ligasi finalida uchrashganda, Mario jarohati tufayli bahsni o‘tkazib yubordi.

Bu fakt, Gyotsening ketishi bilan birga, «Borussiya» muxlislari uchun juda og‘riqli bo‘ldi. Faqat uch yil o‘tgach, nemis o‘z jamoasiga qaytib, «Bavariya»ga o‘tganidan afsuslanishini e’lon qilganida, ularning munosabatlari biroz yaxshilandi.

Gonsalo Iguain

(«Yuventus» – «Napoli»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Italiya futbolida «Yuventus»ni ko‘plab klub muxlislari yoqtirmasligi aniq, ro‘yxatda «Napoli» muxlislari birinchi o‘rinda turadi. Gonsalo Iguain bilan bo‘lgan vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, muxlislarning keskin reaksiyasi u yoki bu futbolchi «keksa sinyora» lageriga ko‘chganda paydo bo‘ladi. «Napoli» bilan uch yil davomida forvard 146 uchrashuv o‘tkazib, 91 gol urib, Neapol klubi tribunalarning haqiqiy qahramoniga aylandi. Biroq, argentinalik Turinga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan zahoti, u darhol sotqinga aylandi. Futbolkalarni yoqish, haqorat qilish – barchasi Iguainni turinliklvr safiga o‘tgandan keyin bo‘lgan.

Eshli Koul

(«Arsenal» – «Chelsi»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Premyer-liga tashkil etilganidan buyon Eshli Koulni ko‘plab mutaxassislar turnirning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb bilishadi. Bu juda tushunarli, chunki 24 yoshida u «Arsenal» bilan ikkita chempionlikni va uchta Angliya kubogini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik, ingliz «Chelsi»da sovrinlarni qo‘lga kiritishda davom etdi, lekin uning transferi katta janjal bilan birga yakunlangan.

Yulduzlik maqomini his qilgan Eshli shartnomani yaxshilashni xohlardi, ammo «kanonirlar» unga haftasiga atigi 55 ming funt, «ko‘klar» esa 90 ming funt taklif qila olishdi. Garchi Koul uchun tanlov aniq bo‘lsa-da, ammo «Arsenal» muxlislari o‘yinchini bunday qilmishi uchun kechirganlari yo‘q.

Ikki jamoa o‘rtasidagi birinchi o‘yinda muxlislar ingliz futbolchisi tasviri bilan qalbaki pullarni to‘ldirishdi va hatto unga «keshli» laqabini berishdi.

Sol Kempbell

(«Tottenxem» – «Arsenal»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

Himoyachi Sol Kempbell yoshligida «Tottenxem» futbol maktabiga o‘qigan va asosiy tarkib futbolchisi sifatida voyaga yetgan. Bundan tashqari, markaziy himoyachi tezda London jamoasining asosiy o‘yinchisiga aylandi va 9 mavsumda 315 ta o‘yin o‘tkazdi. Aytish kerakki, «shporlar» muxlislari 25 yoshida sardorlik bog‘ichini taqa boshlagan inglizni juda yaxshi ko‘rishardi. 2001 yil yozida Kempbell jamoatchilik oldida «Arsenal» o‘yinchisi sifatida paydo bo‘lganini ko‘rish, futbol fanatlari uchun ajablanarli va og‘riqli edi.

Avvalroq, Sol hech qachon «kanonirlar»da o‘ynamasligini aytgan, lekin aslida u «shporlar» bilan tuzilgan shartnomani ham rad etgan. Birinchi derbida «Tottenxem» muxlislari sobiq futbolchisini «yahudo» yozuvi tushirilgan plakatlar bilan kutib olishdi. O‘shandan beri irqchilik haqoratlari, tahdidlar va kamsituvchi laqablar Kepbell uchun odatiy holga aylandi.

Luish Figu

(«Barselona» – «Real»)

Sotqin futbolchilar yoxud o‘z jamoasidan pulni ustun ko‘rganlar

«Barselona» bilan 5 yil davomida qanot yarimhimoyachisi Luish Figu haqiqiy jahon darajasidagi yulduzga aylandi. U 7 ta sovrinni qo‘lga kiritdi, shu jumladan ikkita Ispaniya chempioni unvoni va Kubok egalari kubogidagi g‘alaba. Portugaliyalik «Kamp Nou» tribunalarini ajoyib o‘yin uslubi bilan hayratda qoldirdi. Ammo, 2000 yilning yozida ularning sevgisi nafratga aylandi. «Real»dan ajoyib moliyaviy taklifini olgan Figu rad eta olmadi va ko‘plab kataloniyalik muxlislar uchun haqiqiy dushmanga aylandi.

Luish har safar «Kamp Nou»ga kelganda, «ko‘k-anorranglilar» muxlislari uni «iliq» kutib olishardi. Vingerning har qanday harakatlari haqoratli qo‘shiqlar, hushtak chalish va o‘yinchiga turli xil narsalar otish bilan birga kechdi, ular orasida eng g‘ayrioddiy narsa cho‘chqaning boshi edi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Fikr bildirish