Bugungi kunda yana tez suratlarda tarqalayotgan koronavirus infekciyasi futbol olamiga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. SHu jumladan, O’zbekiston milliy terma jamoasini ham Covid-19 bilan bog’liq vaziyat chetlab o’tmadi.
Xususan, milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec Dubaydagi yig’inga Sloveniyadan etib kelishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bevosita ketish oldidan topshirilgan test musbat natijani keltirib chiqargan. SHu tariqa, sloveniyalik mutaxassis o’z yurtida karantin o’tashga majbur bo’ldi. Umid qilamizki, karantin davri tugagach, murabbiyimiz o’z sog’lig’ini tiklagan holda terma jamoa boshqaruviga qaytadi. Unga qadar Katanesning yordamchi murabbiylari yig’inning boshlang’ich qismida terma jamoani boshqarib turadi.
SHuningdek, jamoamiz Dubay shahriga etib borgach, delegaciyaning barcha azolari PCR test topshirgan. Testlar natijasiga ko’ra, Hojimat Erkinovda musbat javob qayd etilgan. SHu sababli u belgilangan tartibda, jamoadan ajratilgan holga karantin o’tashni boshladi. Karantin muddati yakuniga etgach, futbolchimiz qayta test topshiradi va natijadan kelib chiqib keyingi mashg’ulotlari reja qilinadi”, – deb xabar berdi O’FA rasmiy sayti.