Futbol

Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig’inlarida bir qator o’zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko’rinish bermoqda.

191



Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig'inlarida bir qator o'zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko'rinish bermoqda.

Server Jeparov: “CHempion avvalgidek oldindan aniq emas. AGMKdan ko’p narsa kutyapman”

Teglar : 
O’zbekiston MTJServer Jeparov
Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig’inlarida bir qator o’zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko’rinish bermoqda.

Kuni kecha Server Jeparov "Navbahor" – "Qayrat" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi. Suhbatdoshimizdan joriy yilgi chempionat, terma jamoamizdagi so’nggi yillardagi pasayish va boshqa savollarga javob oldik. 

– Server Reshatovich keling dastlab neytral shaxs sifatida Superliga qurasi haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz. Ilk turda qanday to’qnashuvlarni kutgan edingiz?

– Qura odatdagidek o’tdi. Barcha jamoalar mavsum davomida kimga qarshi va qachon o’ynashlarini bilib olishdi. Har doim birinchi tur qiziqarli kechadi. CHunki hamma katta futbolni sog’ingan, katta ishtiyoq bilan maydonga chiqishadi. 

– Birinchi turda shiddatli o’tishi kutilayotgan o’yinlar soni oz emas. SHaxsan siz uchun qaysi uchrashuv qiziqarli o’tadi?

– Qolgan uchrashuvlardan qolishmagan holda "Qizilqum" – "Lokomotiv" o’yin jihatdan qiziqarliligi yo’qotmagan. Ikki jamoada ham yangi murabbiy ish boshlagan. Boshqacha taktika va uslublarni ko’rishimiz mumkin. 

– Ayni paytda guvoh bo’lib turganingizdek 3ta jamoadan tashqari qolgan klublar Antaliyada tayyorgarlikni olib boryapti. Bu 2022 yilgi mavsumdan ko’p narsa kutishimizni anglatadimi?

– Albatta. Boisi ko’p jamoalar teng kuchga ega. Oldingidek mavsum boshlanmasdan chempion nomini aniq ayta olmaysiz. Misol uchun "Paxtakor"ni oldindan oltin medal olishini aytishardi. Hozir hech kim bilmaydi. 5-6 jamoa o’z barcha tomonlama o’z holatini yaxshilab olgan. 2022 yilda AGMKdan ko’p narsa kutmoqdaman. Ular anchadan beri birga. Oxirgi ikki yilda barqarorlikka erisha oldi. Kim yaxshi tayyorgarlik ko’rsa, o’sha g’alaba qozonadi. 

Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig'inlarida bir qator o'zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko'rinish bermoqda.

– Savolim bugungi avlod haqida. Nima deb o’ylaysiz yaxshi futbolchi chiqmayaptimi yoki ularni tarbiyalaydigan murabbiylarmi?

– Har bir avlodni o’zining kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Fikrimcha, bizning davrda mutaxassislar ko’p edi. Hozir nimagadir yo’q. Kuzata turib shunday o’ylaydi odam. 

 O’zbekiston terma jamoasining oxirgi yillardagi muvaffaqiyatsizliklaridan xabardorsiz. Har doim nimadir etishmaydi. Bu safargi xatodan qanday xulosa chiqarish mumkin?

– Nafaqat bizda, balki bunday holat boshqa davlatlarda ham kuzatilmoqda. Futbol bir kundan iborat emas. Uning rivojlanishi yillarga borib taqaladi. Demak qaerdadir nimanidir unutib qoldiryapmiz. 

– Balki Srechko Katanec bizga armon bo’lib qolayotgan Jahon chempionatiga olib chiqishi mumkindir…

– Ushbu murabbiy bilan yaqindan suhbatlashdim. Kuchli mutaxassis, deb o’ylayman. Katanec juda to’g’ri gaplarni aytmoqda. SHaroit yaratib beradigan rahbariyat, mamlakatdagi futbol darajasi, murabbiyning ko’rsatmalarini tushunadigan futbolchilarga ham bog’liqlik joyi bor. Barchasi zanjirga o’xshagan narsa.

Abdulaziz Iskandarov 

Antaliya, Turkiya

Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig'inlarida bir qator o'zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko'rinish bermoqda. 
			Muallif : Iskandarov Abdulaziz

Fikr bildirish