“Navbahor”ni VAR “o’ldirdimi”?
Teglar :
“So’g’diyona” “Navbahor”Asker Najafaliev Superliga VAR
Superliganing 14-tur bahslari yakuniga etdi.
Ko’z tegmasin, chempionatimizda markaziy o’yinlar soni keskin ko’paydi. Masalan, 14-turda doirasida o’tkazilgan 7 o’yinning barchasi shu nom uchun davogar. Jumladan, test imtihonlari sabab Jizzaxdan Olmaliqqa ko’chirilgan o’yin ham.
So'g'diyona Shohruz Norxonov – 21′ |
Superliga. 14-tur 08/08/2021, 20:00 0 1 Tugadi |
Navbahor
|
45′
90′
16′ Sardor Qulmatov21′ Shohruz Norxonov45′ Daniel Nasriddinov55′ Daniel Nasriddinov (Sahob Rashidov)72′ Luka CHermel72′ Iskandar SHaykulov (Asil Begimqulov)74′ Marko Kolakovich83′ Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov)83′ Jasur Hasanov O (Ergash Ismoilov)83′ Luka CHermel (Darko Stanoevich)19′ Boyan Siger62′ Zabihillo O’rinboyev (Ehsoni Panshanbe)73′ Azim Ahmedov (Sardor Telyakov)80′ Quvondiq Ro'ziev (Ilhom Alizhonov)
Match-senterda ochish
Uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib qaytdik. Bahsni teleekran orqali ko’rgan tomoshabinlarga sezilmagan bo’lishi mumkin, ammo OKMK stadioniga etarlicha tomoshabin yig’ildi (taqiqqa qaramay).
Va "Navbahor" tarafdorlari hamda klub rahbariyatida bellashuvni boshqargan Asker Najafalievga nisbatan keskin norozilik paydo bo’ldi. Samvel Babayan tanaffus mahali hakamlar nazoratchisi Oleg Dachevga o’z etirozlarini etkazgan bo’lsa, Otabek Samatov o’yindan keyin VAR nazoratchisi Vladislav Ceytlindan izoh so’radi. Viktor Jalilov esa matbuot anjumanida hakamlik ustidan shikoyat yozilishini takidladi. Xo’sh, Namangan ahlining fikrlarida jon bormi?
1-penalti
"So’g’diyona" hisobni ochganidan keyin "Navbahor" uyushtirgan dastlabki hujum Solovyovning raqib jarima maydonida yiqi(t)ilishi bilan yakunlandi.
Najafaliev bu epizodga nisbatan ideal nuqtada turgan edi.
Dastlab, Asker bu vaziyatni etiborsiz qoldirdi. Biroq, vaziyatga VARda o’tirgan Rustam Lutfulin aralashdi va o’yinni to’xtatdi. SHundan keyin Najafalievning o’zi epizodga to’g’ri baho berish maqsadida monitor yoniga yo’l oldi va 1 daqiqa-yu 50 soniyalik kuzatishlaridan keyin 11 metrlik jarima zarbasi borligini inkor qildi.
Muallif xulosasi: Vaziyatni takroran 30 marta ko’rdim. Lekin, penalti bermaslik uchun hech qanday asos topa bilmadim. Yaqinlashtirib qarasam ham, uzoqlashtirsam ham, hatto ko’zlarimni yumib olsam ham, Sardor Qulmatov Ivanning oyog’ini bosib olgani ko’rinyapti.
SHu o’rinda etiroz paydo bo’lishi mumkin: Sen hakam emassan. To’g’ri, biroq bu juda sodda vaziyat ekanini unutmaslik kerak. Agar Qulmatov va Solovyovning oyoqlari orasida "kontakt" bo’lsa, 100% penalti. Tamom!
Rashidovning vaziyati yodingizdami?
Yodingizda bo’lsa kerak, joriy mavsumning eng katta voqeligi 7 aprel kuni Namanganda sodir bo’lgan, "Navbahor" 1:2 "Paxtakor" uchrashuvidan keyin muxlislar stadionda tartibsizlik keltirib chiqargan, klub rasmiylari ham jim qarab turmagan edi. O’shanda Sardor Rashidov mezbonlar jarima maydoni ichida yiqi(t)ilgan, Firdavs Norsafarov VARning ishtiroki bilan penalti belgilagan.
Ertasi kuni sobiq referi Mamur Saidqosimov vaziyatga munosabat bildirib, haqiqatan ham Mirzohid G’ofurov va Sardor Rashidovning oyoqlari orasida "kontakt" borligi va penalti to’g’ri belgilanganini takidlagan. Ikkala vaziyatni solishtirib, kishida shunday xulosa paydo bo’ladi: Agar G’ofurovning harakati 11 metrlik jarima zarbasi uchun asos bo’lsa, Qulmatovning harakati 2 ta penaltiga etadi.
2-penalti
Uchrashuv oxirida "Navbahor" hujumga o’tdi. Solovyovning zarbasini SHirinboy Abdullaev qaytargach, to’p Abbos G’ulomovning oyoqlariga kelib tushdi. Namanganlik futbolchining zarbasidan keyin yana o’sha Sardor Qulmatov to’pni qo’li bilan qaytargandek…
Ammo, VAR tizimi bu vaziyatga mudohala qilmadi. Viktor Romanovich esa o’yindan keyin bu epizodga alohida to’xtalib, shunday dedi: "To’p darvozaga kirib ketayotganida qo’l bilan qayratilsa, penalti belgilanadi".
Darhaqiqat, SHirinboy Abdullaev erda yotibdi, uning posti bo’sh. Darvozaga qarab ketayotgan to’pning yo’nalishini Qulmatovning qo’li qaytardi. Sardor o’sha vaziyatdan keyin referini chalg’itish maqsadida o’zini erga otgani shubhani yanada orttiradi. Biroq, yana bir bor takidlaymiz: VAR tizimi bu vaziyatga etibor qaratmadi.
Xulosa
O’yinda bir jamoa foydasiga 2 bor penalti berilmasa, kishida shubha uyg’onadi. Agar o’sha bahsda VAR ham ishlagan bo’lsa, gumonlar yanada ortadi. Demak, Najafaliev va Lutfullin o’z qarorlarini izohlab berolmasa, ko’p ehtimol bilan ularni diskvalifikaciya kutib turibdi. "Navbahor" esa 3 ochkodan mosuvo bo’ldi.
FAKT: Asker Najafaliev "So’g’diyona"ning 1 aprel kuni o’tkazilgan "Surxon"ga qarshi uchrashuvini ham boshqargan edi. O’shanda u Jizzax klubi darvozasiga 2 bor penalti belgilagan.
Faxriddin Ro’ziev
Muallif : Faxriddin Ro’ziyev