Futbol

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

442



Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Superliga. “So’g’diyona”ning “kumush” sari yo’li

Teglar : 
Ulug’bek Baqoev “So’g’diyona”
Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

"So’g’diyona" 29 yillik tanaffusdan keyin medal yutganidan xabaringiz bor. Ulug’bek Baqoev bu yo’lda 21 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Darvozabonlar: SHirinboy Abdullaev, Milan Mitrovich
Himoyachilar: Ergash Ismoilov, Luka CHermel, Asiljon Begimqulov, Elyor Orifov, Marko Kolakovich, SHaxboz Jo’rabekov, Sardor Qulmatov
Yarim himoyachilar: Iskandar SHoyqulov, Ayubxon No’monov, Arslanmirat Amonov, Jasur Hasanov, Jamshid Boltaboev, Darko Stanoevich, Muhsin Bozorov, Daniel Nasriddinov
Hujumchilar: Sahob Rashidov, SHohruz Norxonov, Jasur Hakimov, Bahodir Nasimov

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Jizzax klubining mudofaa chizig’i bu yil eng yaxshisi bo’ldi. "So’g’diyona" 26 uchrashuvda atigi 15 ta gol o’tkazib yubordi.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Jamoaning muvaffaqiyatida serbiyalik Milan Mitrovichning hissasini alohida takidlash kerak. U 19 uchrashuvda maydonga tushib, o’z darvozasidan faqat 8 ta gol o’tkazib yubordi (12 ta "quruq" o’yin).

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

"Bo’rilar" tarkibidan maydonda eng ko’p harakatlangani Luka CHermel bo’ldi. 26 yoshli himoyachi 26 o’yinda 2 266 daqiqa o’ynadi.  

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Bu yilgi "So’g’diyona"ning hujum chizig’ini SHohruz Norxonovsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Aynan uning gollari jamoaga 15 ochko olib berdi. SHohruz 10 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to’purari bo’ldi.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Jasur Hasanov esa golli uzatmalar borasida jamoada eng yaxshisi — 4.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

26 o’yinninn 12 tasida g’alaba, 11 tasida durang qayd etgan "So’g’diyona" barchadan kamroq engildi – 3.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Klub tarixidagi ilk kumush medal bevosita Ulug’bek Baqoevning nomi bilan bog’liqligini alohida takidlash kerak. "So’g’diyona" ko’plab o’yinlarda aynan uning xarakteri evaziga muvaffaqiyat qozondi. Agar bunga shubhangiz bo’lsa, "bo’rilar" tarkibiga etibor qarating: so’nggi yillarda terma jamoada muntazam o’ynab kelayotgan biror futbolchi bormi? Yo’q. Hattoki, milliy jamoa libosida rasmiy o’yin o’tkazganlar ham sanoqli. Demak, buxorolik mutaxassis "qo’lidagi masalliqlardan shirin ovqat tayyorlashni" uddaladi.

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi.

Maqola: Superliga. "Paxtakor" qanday chempion bo’ldi?         

Superliganing 2021 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi. 
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish