Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bir necha oy oldin «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi, biroq bu vaqt ichida jamoaning uchinchi murabbiyi bilan ishlashga majbur bo‘ladi.
Xabaringiz bor, «Manchester Yunayted»ni niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag boshqaradi. U Ronalduni sirtdan ogohlantirdi – unga maydonda g‘oyalarini amalga oshiradigan futbolchilar kerak. Aks holda, Ten Xag hech qanday o‘yinchining obro‘si va xizmatlariga e’tibor bermaydi.
– Men qarashlarimni o‘zgartirmayman. Har kimning o‘z vazifasi bo‘ladi va agar kimdir uddasidan chiqmasa, unda …, – dedi Ten Xag Niderlandiyaning Trouw nashriga.