Futbol

Terma jamoalar o’yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so’ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

178



Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

Tanaffus tugadi: “Yuventus” – “Inter” va A Seriya 31-tur o’yinlari haqida

Teglar : 
Yuventus Inter A Seriya “Napoli”“Lacio”Eldor SHomurodovRomaAtalanta
Terma jamoalar o’yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so’ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

A Seriyaning navbatdagi turi ham qiziq bellashuvlarga boy bo’lishi kutilmoqda. "Yuventus" – "Inter", "Atalanta" – "Napoli" va albatta SHomurodov harakat qilayotgan "Roma" ishtirokidagi o’yinlar o’zbekistonlik ishqibozlarning ham etiborini tortishi turgan gap. 

"Yuventus" – "Inter"

Turinliklar yarim himoyachisi Makkeni hamon davolanish bilan ovvora. Pellegrini esa sariq kartochkalari soni sababli o’yinni o’tkazib yuboradi. Biroq Lokatelli va Bonuchchi safga qaytdi, lekin o’yinni asosiy tarkibda boshlashlari aniq emas. Hujumda yana Vlaxovich va Morata juftligini ko’rsak kerak, klubni tark etishi kutilayotgan Paulo Dibala esa zaxirada qoldiriladi. "Inter"dagilar Lautaro va Brozovich sport formasini tiklab ulgurishi va o’yinni asosiy tarkibda boshlashidan umidvor. De Vreyning taqdiri esa o’yin kuni hal bo’ladi.

Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

A Seriya doirasidagi avvalgi uchrashuvda 1-1 hisobi qayd etilgan. Qizig’i, bukmekerlarning fikriga ko’ra, bahs Turinda o’tsa ham favorit "Inter" ekan. Biroq fikrimizcha, "Yuventus" o’z uyida, qo’shimchasiga musobaqa jadvalidagi hozirgi holatida ko’proq tavakkal qiladi va durangga rozi bo’lmaydi. "Inter" esa mabodo durang natija qayd etilsa, unchalik xafa bo’lmasligi haqiqatga yaqinroq.

"Lacio" – "Sassuolo"

Pedroning yo’qligi rimliklar uchun jiddiy yo’qotish. SHuningdek Radu va Luis Felipening ham maydonga tusha olishi so’roq ostida. Bunday vaziyatda Mauricio Sarri raqobatbardosh himoya chizig’ini qura olishi anchayin mushkul vazifa. Himoyadagi muammolarni qisman bo’lsada yopish uchun Patrik jangga tashlanadi, hujumda esa Pedroni Cakkanya alishtiradi. "Sassuolo"da ham himoya bilan muammolar mavjud. Diskvalifikaciya muddati o’tib, Raspadori safga qaytmoqda va u asosiy tarkibda bo’lishi deyarli aniq.

Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

O’tgan safar "Sassuolo" o’z maydonida 2-1 hisobida g’alaba qozongandi. Bu safar ham "Lacio" bukmekerlarning fikriga ko’ra favorit. Derbida ko’rsatilgan o’yindan keyin Sarri shogirdlari muxlislarini xursand qilish uchun ikki barobar kuch bilan harakat qilishlari aniq. Biroq "Sassuolo"ni oson raqib deb bo’lmaydi va xulosa chiqarishga shoshilmaslik zarur.

"Atalanta" – "Napoli"

Jan Pero Gasperinining kayfiyati joyida bo’lsa ajabmas. Sababi Zappakosta diskvalifikaciyadan qaytmoqda, Ruslan Malinovskiy va Aleksey Miranchuk jarohatidan forig’ bo’lib, safga qaytdi. Duvan Sapata esa hamon lazaretda, shuning uchun hujumning oldingi chizig’iga Jeremi Boga yo’l oladi. Luchano Spalletti esa muammolardan qutilgani yo’q. Di Lorenco hali jarohatidan qutilganicha yo’q, qo’shimchasiga Zelinski terma jamoada jarohat oldi. Petanya va Una ham shunday sabab bilan o’yinni chetdan kuzatishadi. Himoya chizig’ida Zanolini ko’rishimiz ehtimoli yuqori, markazda esa – Lobotka.

Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

Neapolda jamoalar hujumkor, yorqin futbol namoyish etishgan va 3-2 hisobida "Atalanta" g’alaba qozongandi. "Bergamasklar" hozir ham yaxshi natijalar qayd etmoqda va ushbu juftlikda mezbon faktori evaziga ham favorit sifatida qaralmoqda. Biroq neapolliklar titul uchun kurash olib borayotgan klubligini unutib qo’ymaslik zarur. Nazarimizda, ushbu bahsda gollar ko’p bo’ladi.

"Sampdoriya" – "Roma"

Katta ehtimol bilan Ekdal bu bellashuvda "Sampdoriya"ga yordam bera olmaydi. Bu esa Rinkonga asosiy tarkib "eshiklarini" ochadi. Gabbyadini hamon jarohatlanganlar qatorida, Sabiri Sensi bilan birgalikda Kaputodan orqaroqda, markazdan joy oladi. Joze Mourino esa derbidagi g’alabadan keyin yaxshi kayfiyatda va muhimi yo’qotishlarsiz ushbu bahsga etib kelyapti. Tarkib derbidagi bilan solishtirganda jiddiy o’zgarmasa kerak. Faqatgina Zanolo hujumchi ortiga tushishi mumkin.

Terma jamoalar o'yinlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng, klublar futboli yana qaytmoqda.

So’nggi bor ushbu jamoalar to’qnashuvida 1-1 hisobi qayd etilgan. Bo’lakak bellashuv Genueda bo’lsada, "Roma" favorit hisoblanmoqda. "Jalorossi" so’nggi vaqtlarda o’yinini chindan yaxshi tomonga o’zgartira oldi. Mezbonlar esa bunday holat bilan maqtana olmaydi. SHu sababli ham Paolo Zanetti shogirdlariga oson bo’lmaydi.

Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Fikr bildirish