Futbol

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

267



Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

“Paxtakor” himoyasi abgor bo’ldi. Nega?

Teglar : 
“Paxtakor”Aleksey LarinKamen XadjievAnvarjon G’ofurov
Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Pakhtakor Tashkent

AFC Champions League Grp. D . 4-tur

18/04/2022, 22:15

3
:

0

Tugadi

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Al-Duhail SC

Bassam Hisham – 32′, Michael Olunga – 45′, Almoez Ali – 47′

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.
			Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.
			45′
90′
11′  Farrukh Sayfiev42′  Khoziakbar Alidzhanov46′  Odiljon Khamrobekov (Khozhimat Erkinov)59′  Sardor Rashidov (Mirzhakhon Mirakhmadov)59′  Oliver Sarkic (Abbosbek Fayzullayev)69′  Mirzhakhon Mirakhmadov73′  Azizbek Turgunbaev80′  Sardor Sabirkhodjaev (Diyor Kholmatov)86′  Khoziakbar Alidzhanov (Shahzod Azmiddinov)90′  Ikrom Alibaev90′  Mirzhakhon Mirakhmadov32′  Bassam Hisham32′  Edmilson Junior45′  Michael Olunga47′  Almoez Ali47′  Edmilson Junior54′  Karim Boudiaf (Luiz Ceara)55′  Almoez Ali (Ismael Mohammad)61′  Assim Madibo62′  Edmilson Junior (Ali Afif)63′  Michael Olunga (Abdelrahman Fahmi Moustafa)84′  Mohammed Musa (Mohammed Alaaeldin)
Match-senterda ochish

Slavche Voyneski shogirdlari 4-turdan keyin g’arbiy mintaqada eng ko’p to’p o’tkazib yuborgan jamoa bo’lib turibdi (9). "SHerlar" turnirning 2019 yilgi mavsumida guruhning 6 o’yinida 7 ta, 2020 yilda 3, 2021 da esa 8 to’p o’tkazib yuborishgan edi. Bu yil "Paxtakor" darvozasi 4 uchrashuvda 9 bor ishg’ol qilindi.

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Bunga sabab sifatida "sherlar" himoyasidagi parokandalik ko’rsatilayotgan edi. Mazkur fikr bugungi bahsda yana bir marta tasdig’ini topdi. "Paxtakor" o’tkazib yuborgan to’plarning 2 tasida Kamen Hadjiev "uxlab qolganiga" guvoh bo’ldik. Oldingi bahslarda Oleksey Larin qattiq tanqid qilingan edi. 

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Ochig’i, Azamovga munosib tandem bo’la olmayotgan har 2 himoyachining "Paxtakor" darajasidagi futbolchilar emasligi aniq ko’rinib qolyapti. Krimec ("Navbahor") va Ismoilov (AGMK) asosiy raqobatchilarga berib yuborilgach, ularning o’rni mazkur o’yinchilar orqali to’ldirildi. "Paxtakor" Kamen va Oleksey bilan shartnoma imzolashda qanday kriteriyalarga asoslangani bizga qorong’u. Ammo ularning asl "yuzi"ni ochib beradigan aniq fakt keltirishimiz mumkin. 

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

!!! Superliga 4-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o’yinda Larin to’p uchun kurashlarning 63, Xadjiev esa 64 foizini o’z foydasiga hal qildi. Aniqrog’i, Toshkent klubi vakillari yakkakurashlarning 37 foizini raqiblariga boy berishdi. SHu kuni "lochinlar" tarkibida 91 foizlik natija ko’rsatgan Rustamjon Ashurmatov esa top-himoyachi qanday bo’lishini barchaga ko’rsatib qo’ygan edi.

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Legionerlarning saviyasi haqida gap ketsa, ko’plar to’lanayotgan pulga yarashaligini aytishadi. Bilasizmi, "Paxtakor" selekcionerlari tan olishni istamasligi mumkin, lekin Larin va Kamendan kuchliroq himoyachilar Superliganing o’zida ham etarlicha. Keling, ularga ilmiy faktlar keltirish yo’li bilan master-klass o’tib beramiz.

Superliga-2021 mudofaa chizig’i egalariga atalganini barcha etirof qildi. Sizningcha, o’tgan yilgi chempionatning eng kuchli himoyachisi kim edi? Hozir shuni tahlil qilamiz.

Statistikaga ko’rsa, "So’g’diyona"dagi serblar bu borada barchadan yaxshiroq bo’lishdi. Marko Kolakovich jamoadoshi Luka CHermel bilan birga himoyachilardan talab qilinadigan ko’rsatkichlar borasida O’zbekistonda eng yuqori natijani qayd etdi. SHu tufayli ham Ulug’bek Baqoev shogirdlari mavsumda barchadan kamroq gol  o’tkazib yuborishdi (15). 

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Deylik, Jizzax klubi mazkur o’yinchilarni chempionatdagi asosiy raqibiga berib yubormaydi. SHunday holatda "Paxtakor" Anvarjon G’ofurovni ("Bunyodkor" murabbiyi emas, sobiq Husniddin G’ofurov) transfer qilsa ham, yutqazmas edi.

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Sababi shundaki, o’tgan yilni Termizda o’tkazgan himoyachi yakkakurashlarni yutish borasida faqat Kolakovichdan orqada qoldi. To’pni raqibdan tortib olish (131) va zarbalarni "bloklash" (20) bo’yicha Superligada uning oldiga tushadigani bo’lmadi.

Elitadagi joyini zo’rg’a saqlab qolgan "Surxon" futbolchisi haqida ushbu malumot oddiy o’quvchining aqlini shoshirishi mumkin. Lekin "Paxtakor" mutasaddilari bunga etibor qaratishlari lozim edi (Xuddi Ilhom Mo’minjonov singari). CHunki G’ofurov o’tgan mavsumda "sherlar"ning barcha himoyachilaridan effektliroq o’ynagandi.

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.

Afsuski, selekciyadagi xatolar faqat mudofaa bilan bog’liq emasligi xalqaro maydonda yaqqol ko’rinyapti. Qiziq, buning uchun asosiy masuliyat kimning elkasiga tushadi: bosh murabbiy Slavche Voyneski, sport direktori Jafar Irismetov yoki boshqa birov?

mutolaa uchun: "Buxoro" qarzlaridan qutilyapti 

Toshkent klubining OCHLdagi ishlari yurishmayapti.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish