Futbol

Traorening salomatchiligida muammo yuzaga keldi

369

Ispaniyaning bir qator nashrlari “Barselona” futbolchisi Adama Traorening salomatchiligida muammolar yuzaga kelgani haqida yozishmoqda.

«Barselona»ning yangi futbolchisi oshqozoni bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganligi sababli, jamoaning bugungi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.

Taxminlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchi 2-3 kunda tiklanib oladi. Klub tibbiyot xodimlari futbolchiga dam olishni maslahat berishdi. Traorega murabbiylar shtabi 13 fevralgacha dam olishga imkoniyat yaratib berdi.

Fikr bildirish