Futbol

U «Barselona»ga o‘tmaydigan bo‘ldi

408

Yarimhimoyachi Marselo Brozovich «Inter» bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda milanliklar rahbari Beppe Marotta ma’lum qildi, deya xabar beradi Nikolo Skira. Tomonlar hamma narsada kelishib oldilar, bu haqda rasmiy e’lon tez orada bo‘lib o‘tadi.

Brozovich «Inter»da 2015 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U Italiyaga Zagrebning «Dinamo» jamoasidan kelgan.

O‘tgan mavsumda Brozovich «neradzurrilar»ga A seriyada g‘alaba qozonishga yordam berdi. Bu mavsumda ham «Inter» yana chempionlik uchun asosiy davogar sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorvat futbolchisiga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirgani aytilgandi.

Fikr bildirish