Boks/MMA

UFC jangchimiz Mahmud Muradov bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda.

184

32 yoshni qarshi olgan sportchimiz tug’ilgan kunini mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan birga nishonladi. 

“Men tug’ilgan kunimni shu yoqimtoy bolalar bilan nishonlashga qaror qildim. Har safar bolalar uyiga borganimda, men uchun qadrdon bo’lgan, dunyodagi eng minnatdor odamlarning yuzlarini ko’raman va bu menga oldinga intilishim uchun motivaciya beradi. Odamlarga yaxshilik ulashish, yoshlarga munosib o’rnak bo’lish – bu har birimizning asosiy maqsadimiz bo’lishi kerak deb o’ylayman. Tabriklaganingiz, bizni qo’llab-quvvatlaganingiz va ishonganingiz uchun barchangizga katta rahmat. In SHa Alloh oldinda bizni yorqin g’alabalar kutmoqda”,-deya post qoldirdi Muradov Instagram sahifasida.

Fikr bildirish