Boks/MMA

UFC promoushenining yarim o’rta vazn toifasi reytingida oltinchi o’rinni egallab turgan Xorxe Masvidal keyingi jangini kimga qarshi o’tkazoqchi ekanini malum qildi.

245

“Keyingi raqibim kim bo’lishini bilaman. Menga Gilbert Berns “vyzov” tashladi. O’zimga qolsa, Durino, Leon Edvards yoki boshqa istalgan jangchiga qarshi oktagonga ko’tarilgan bo’lardim. Ularning biriga qarshi o’tkaziladigan jangdagi g’alaba meni chempionlik jangiga yaqinlashtiradi. Men bunga tayyorman”, – dedi Masvidal.

Xorxe Masvidalning bu so’zlariga Berns shu zahotiyoq javob qaytardi. 

“Ey, Xorxe, kel noyabr yoki dekabrda birga raqs tushamiz. Men bunga tayyorman”, – degan Berns o’zining “Tvitter” sahifasida. 

Takidlash joiz, ayni paytda Gilbert Berns va Leon Edvards mos ravishda reytingning ikkinchi va uchinchi pog’onalaridan joy olgan.

Fikr bildirish