“PSJ” “Barselona” hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. RMC Sport xabariga ko‘ra, futbolchi yozda erkin agent sifatida fransuz klubiga o‘tadi.
Oldinroq “Barselona” Dembelega yiliga 8 million yevro maosh bilan 2024 yilgacha shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.
Joriy mavsumda Dembele “Barselona” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Qishki transfer oynasida Dembele PSJga o‘tishga yaqin qolgandi, ammo kelishuv so‘nggi daqiqada barbod bo‘ldi.