Boks/MMA

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

235

Natijalar malum. Biroq quvonarli emas. Olimpiada har bir davlat sportining yuziga tutilgan ko’zgu. Sizu biz sportning ommalashuvi va bu yo’lda qilinayotgan ishlar to’g’risida istaganimizcha bong urishimiz mumkin. Ammo bir tegirmon borki, undan eng kuchlilar omon chiqadi. Bu – Olimpiada. Hammani kuttirgan Olimpiya o’yinlari delegaciyamiz uchun avval boshdanoq muammolar bilan boshlandi. Avvaliga engil atletikachilarga licenziya uchun vada qilingan pullar berilmagani haqida shov-shuvlar ko’tarildi. Keyin masul tashkilotlar pullarni o’z egalariga berishdi. Suzuvchilarning licenziyalari bekor qilindi. Delegaciyamiz juda ko’p sonli rasmiy shaxslar bilan Tokioga yo’l oldi.

Bu orada bayroqdorlar Oksana CHusovitina hamda BoboUsmon Baturov bo’lishi elon qilindi. CHusovitina uchun hamma xursand bo’lgan bo’lsa, Baturov haqli emas degan fikrlar «bolaladi». Men Baturovning bayroqdor bo’lishini qo’llab-quvvatladim. Negaki, Olimpiada 4 yilda bir keladigan musobaqa. Baturov munosib emas deganlarga esa Rioda bayroqdor bo’lgan Jalolov o’sha vaqtda bunga munosib edimi degan savolni berishdan charchamadim. Munosiblik haqida so’z borganda Nigora Tursunqulovani nazardan qochirish xato bo’ladi. Dastlabki juftlikda Bobousmon Baturov munosib bo’lmasa, ikkinchi juftlikda Nigora Tursunqulova bor edi. Aslida bular etibor berish shart bo’lmagan oddiy narsalardek tuyuladi. Lekin bu Olimpiada. Unda ahamiyatsiz narsaning o’zi yo’q. SHu mavzu muhokamalar markazida turgan bir paytda mutasaddilardan biri bayroqdorlar nega o’zgarganiga izoh berdi. Lekin bu «emadi». Vaziyatni afsonaning o’zi professionallik bilan yumshatdi. Tokio arenalariga bayrog’imizni Jalolov hamda Tursunqulova ko’tarib chiqishdi. SHunday qilib Tokio Olimpiadasi muammolar bilan boshlandi. 

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

«Rio ertagi»

2016 yilda boksdagi 7 ta medaldan keyin «uchdik». 5 yil davomida qita, jahon arenalarida birinchi bo’ldik. Rio tasodif emasligi isbotlab kelindi. Bu orada o’sha biz sevgan, Tokio Olimpiadasida qadri yana bir pog’ona oshgan oltin avlod prof ringni zabt eta boshladi. O’rinbosarlar ham chakki emas. SHundoq ham cho’kib bo’lgan futbolni qoralab, boksni boshga ko’tardik. Bokschilar xalq qahramonlariga aylandi. Biz ko’p ishondik, balki haddan ortiq. Olimpiada oldidan To’lqin Qilichev qozoq jurnalistlariga bergan intervyusida 5 ta oltin biz uchun etarli”, – degan edi hazil tariqasida. 

Nafaqat murabbiylar, balki butun O’zbekiston Riodagidan ko’proq oltin medal olishimizga ishonardi. Lekin… Orzuarimiz ushalmadi. Taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov futbolimiz haqida gapirilganda doim eslanadigan Xirosima voqealarini ajoyib tariflagan edilar: ”Bizda ham bir ertak bor, takrorlanishi amrimahol ertak. Biz o’shanda bu ertagimiz bilan hazillashgan edik”. Rio Olimpiadasida bir ertak yozilgan. Nima bo’lsa bo’lsinu, bu ertak bilan hazillashgan bo’lmaylik.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Urushdan keyin qahramonlar ko’paydi  

Licenzion turnir uchun tarkib elon qilindi. -75 kg atrofidagi voqeliklarni yaxshi bilasiz. -91 kgda Sanjar Tursunov licenziya masalasini hal qildi. Ekaterinburgdagi Jahon chempionatidan keyin ishonchga kirgan Dilshodbek Ro’zmetov licenziyasiz qoldi. Nega o’shanda prof boksdagi Bektemir Meliqo’zievga umid bildirmasdan, terma jamoada bo’lgan Odiljon Aslonovga imkon berilmadi? Nega qayta-qayta imkon berilsa ham medal ololmaydigan, O’zbekiston birinchiligida hech qachon chempion bo’lmagan Sanjar Tursunov o’rniga mamlakat chempionati yarim finalida Tursunovni mazza qilib kaltaklagan, ikki karra chempion Madiyar Saidrahimovga imkon berilmadi? degan savollarni berib urushdan keyingi qahramon bo’lishdan yiroqman. Bu savollar 24 iyuldan buyon eng ko’p berilayotgan savollar qatorida peshqadam bo’lib turibdi shundoq ham. Mazkur savollarga murabbiylar javob ham berib bo’lishgan.

Tursunovning mag’lubiyatidan Jalolovning chempionligigacha

Olimpiadadagi ilk jang Tursunovniki bo’ldi. SHaxsan o’zim bu bokschidan biroz ko’prog’ini kutgan edim. Medal bo’lmasada uzoqroq borishiga ishongandim. Uning katta ringlarda avvalgi janglarini ko’rganlar biladi: bo’y borasida muammo bo’lishiga qaramay oldinga boradigan, tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan bokschi edi. Lekin Olimpiadada kurashmadi. Ilk jangdanoq mag’lubiyatga uchrash jamoadagi boshqa bokschilar ruhiyatiga tasir o’tkazgan bo’lishi ehtimoldan yiroq emas.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Mirazizbek Mirzahalilovning chempionlik uchun kurashdan qanday chiqarib yuborilganini barchangiz ko’rdingiz. Avvallari Isroil Madrimovga nisbatan hakamlar juda ko’p bor adolatsizlik qilishardi. Endi Madrimovning o’rnini Mirzahalilov “egalladi”. Erkaklar o’rtasida hakamlar qarori qurboni sifatida ko’rsatishimiz kerak bo’lgan yagona bokschimiz Mizazizbek Mirzahalilovdir. SHundan so’ng hakamlarning bizga qarshi ekanligini tushunib qoldik.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.
			Keyin Dilshodbek Ro’zmetov, Bobousmon Baturovning mag’lubiyatida ham hakamlarni aybladik. Ha, Ro’zmetovning o’sha jangida dastlabki raund ustunlik biz tarafda edi. Lekin ochkolar raqib tomonga «oqib ketdi». Dilshod ringda raqib, hakamlar va o’zining asosiy muammosi bo’lgan ruhiyat bilan ham kurashishi kerak edi. Biroq engildi. Bokschining murabbiyi Farruh Qilichev bilan bog’lanib vaziyat uchun izoh so’radik:

«Dilshod kuchli edi, buni ko’rsatdi ham. Birinchi raundni yutdi, lekin 3:2 hisobida raqibining g’alabasi ko’rsatilyapti. Dilshod yutqazyapsan, ishlash kerak dedim. Ro’zmetovning psixologiyasi buzildi, engishim kerak deb oldinga bordi, biroq zarba o’tkazib yubora boshladi va mag’lub bo’ldi», – deya izoh berdi Qilichev shogirdining mag’lubiyatiga. Etibor bering – psixologiya muammosi!

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Va keyin Baturov ham «saf»dan qolmadi. Quradan so’ng hamma Baturov uchun qura noqulay bo’ldi dedi. Kechirasizu, bu Olimpiada, unga hamma o’z kuchini ko’rsatish uchun boradi. Kuchlimisiz? Marhamat, o’zingizni ko’rsating. Bu Olimpiadada Baturovning Makkormak bilan uchrashishi aniq edi. Osiyo chempionatidan so’ng muxlislar tomonidan «gryazniy» boksni sanat darajasiga olib chiqdi deya etirof etilgan bokschimiz Petga ikkinchi bor mag’lub bo’lganidan keyin yana tanqidlar ostida qoldi. Kuzda Jahon chempionati tashkil qilinadi va u erda Pet Makkormak albatta bo’ladi. Uni qaysi bokschimiz engadi? Murabbiylardan biriga Xoldarov varianti haqida gapirganimizda Iqboljon hali bu vaznda sinalmagani uchun tavakkal qila olmasliklarini aytishgandi. Sinalgan Baturov inglizni engolmadi, tavakkal qilinsa nima yo’qotiladi?

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Fanat Qahramonovga keladigan bo’lsak, u o’z darajasidan ancha yuqori darajada jang o’tkazdi. Amankul u qadar ham kuchli bokschi emas. Qahramonovni engganida qozoqlar buni sensaciya tarzida qabul qilishdi. Biz esa buni xotirjamlik bilan. Sababini esa o’zingiz yaxshi bilasiz.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

SHahobiddin Zoirovni chorak finalda biroz taniyolmay qoldik. Jarohat tufayli jang to’xtatilmaganida, bokschimiz g’alabani ilib ketishi mumkin edi. Lekin tan olish kerak – u birinchi raundda engildi. Bu ham hakamlarning navbatdagi teatridek ko’rindi. Mag’lubiyatga uchramaslik uchun har soniyani o’z foydasiga hal qilish kerak edi. Negaki, bu Olimpiadada hakamlar jangni istagan paytlarida, istagan ochkolari bilan yakunlashayotgandi.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Elnur Abduraimovga hurmat saqlagan holda aytamanki, vakilimiz Bachkov uchun tirik «meshok» bo’ldi. Bu vaznda raqobat kuchli. Licenzion turnir oldidan Abduraimov va Xoldarov o’rtasida sparring o’tkazilgan edi. Yakunda Abduraimov turnirga boradigan bo’ldi. “Nega Xoldarov emas?” degan savolga Marat Qurbonov «Iqboljonni ko’zida muammo bor. SHuning uchun uni olib borolmaymiz»,- deya javob berdi. Murabbiylar Xoldarovning ko’zida muammo borligi bilib turib nega sparring uyushtirishdi? Abduraimovni shunchaki olib ketish ham mumkin ediku. Sparring kim uchun kerak?

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Va nihoyat, Bahodir Jalolov. Terma jamoa safida Olimpiadaga borganlar orasida hech qanday bahs-munozaraga o’rin qoldirmaydigan uch bokschidan biri. Bu shohsupagacha oson yo’lni bosib o’tmadi: mag’lubiyatlar, tanqidlar…va Olimpiada chempionligi! Jalolov butun bir delegaciyaning najot farishtasi bo’ldi, desak xato bo’lmaydi. 

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

Murabbiylar istefosi?

G’alabadan so’ng terma jamoa murabbiyi To’lqin Qilichev yig’lab yubordi. SHuncha shogirdlaridan hech bo’lmasa bittasi yuzini yorug’ qilganiga xursand bo’lib albatta. O’sha vaqtda hayolimga bir fikr keldi: Jalolov ham medal ololmaganida nima bo’lardi? Federaciya mutasaddilari va murabbiylar tarkibida o’zgarishlar bo’larmidi? Kecha saytimizda Qozog’iston terma jamoasi murabbiyi Galim Kenjebaevning intervyusini chop etdik. Murabbiyga istefo haqida savol berishgan. SHu materialga bizning jurnalistlar ham mard bo’lib shunaqa savol bera oladimi mazmunidagi izoh yozilgan. Xo’sh, bu savolni murabbiylarga bera olamanmi? Ha bera olaman. Lekin bermayman. CHunki ulardan kuchliroq nomzod ko’rmayapman. Bu murabbiylardan boshqa munosibroq nomzod ko’rsating menga. Kim bor? Kimni ko’ryapsiz? To’g’ri kuchli murabbiylarimiz yo’q emas. Sizu-biz ularni ko’rmayotgandirmiz, balki ko’rsatishmayotgandir. Borlari ham katta murabbiylik uchun etarli tajribaga ega emaslar. Yaqinda Jahon chempionati va bu murabbiylarimiz uchun so’nggi imkon bo’lishi kerak. Qayta-qayta imkon berilsada, o’zgarmaydigan, o’zgarishni, rivojlanishni xohlamaydigan bokschilarga biroz tin berib, g’alabaga chanqoq, «duxiga o’tirmaydigan»larga imkon berishning ayni vaqti. O’sha dunyo birinchiligida ham hech narsa o’zgarmasa, natija yaxshilanmasa, istefo haqidagi savolni birinchilardan bo’lib o’zim beraman. CHunki ana o’shanda hamma xato murabbiylarda bo’ladi.

Uzoq kutilgan Tokio Olimpiadasi ham nihoyasiga etdi.

«Bolalarda ayb yo’q». Lekin hamma ayb hakamlarda ham emas 

Tanlangan yigitlar qo’llaridan kelganini qilishdi. Mag’lubiyatlarning barchasida ham hakamlarning aybi yo’q. Mirzahalilov hamda Rahimovaning mag’lubiyatidagina hakamlarni ayblay olamiz. Lekin qolgan bokschilarimiz qanday jang ko’rsatdi? «Tezkor studiya»da To’lqin Qilichev bilan aloqaga chiqdik. Tarkib haqidagi savolga qaysi tanlov yaxshiroq ekanligini murabbiylar yaxshi bilishadi qabilida javob berildi. Lekin bu tanlovlar o’zini oqlamadi. Muvaffaqiyatsizlik uchun kimnidir aybdor qilish noto’g’ri. Lekin xato o’z-o’zidan kelib chiqmaydi. Qaerdadir nimadir yaxshi ishlamagan, yoki nimadir juda qattiq kuch bilan ishlab yuborgan…

Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi.

Fikr bildirish