Boks/MMA

Xabar berganimizdek, 26 fevral kuni UFC Fight Night turniri bo’lib o’tadi.

229

Oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun davogarlar – Islam Maxachev hamda Beneil Dariush o’rtasida o’tkaziladi. Har ikki yakkakurash ustasi bo’lajak jang haqida o’z fikrlarini bildirishdi. 

“Hozircha jang shartnomasini rasman imzo chekmadik. Menga jang fevral oyida o’tkazilishini aytishdi. Men davogarlar jangini xohlagandim va bu aynan shu maqomdagi jang. Ikkimizning menejerimiz ham bir inson va u bizning o’zaro jang o’tkazishimizni istamagandi. Lekin vaziyat shunga kelib qoldi. Qolgan TOP jangchilar band. Men menejerni ham, UFC bosslarini ham tushunaman. Menga hozir raqibning farqi yo’q, menga jang kerak!”, – dedi Dariush.

Dariushning so’zlariga qaraganda, u rossiyalik jangchiga qarshi parterda ham, “stoyka”da ham raqobat ko’rsata oladi. 

“Men Islam qanday uslubda jang qilishi haqida emas, o’zimning jangim xususida o’ylashim kerak. Men grepplerman va shundan kelib chiqib meni uning grepplingi havotirga solmaydi. O’zimning zarba texnikamga ishonaman. Tik turgan holatdagi jangga ham tayyorman”, – deya so’zlariga yakun yasadi Beneil. 

Malumot uchun, ayni paytda Beneil Dariush UFC reytingida uchinchi,  Islam Maxachev esa to’rtinchi pog’onadan joy olgan. 

Fikr bildirish