Bosh sahifaBoks/MMAXabaringiz bor, 11 dekabr (Toshkentda 12 dekabr tongi) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo’lib o’tadi.
Quvonarlisi, asosiy kardida ikkita chempionlik jangi o’rin olgan UFC 269 turniri O’zbekiston hududida jonli efirda namoyish etiladi. UZREPORT TV telekanali ushbu uzoq kutilgan MMA oqshomini efirga uzatadi.
Kechaning markaziy jangi engil vazn toifasida o’tkaziladi va unda amaldagi chempion CHarlz Oliveyra kamarini ilk bor himoya qiladi. Uning raqibi chempionlik uchun rasmiy davogar Dastin Pore bo’ladi.
Ikkinchi chempionlik jangi ayollar o’rtasida ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda Nunes hamda davogar Julianna Penya o’rtasida kechadi.