«Barselona» bosh murabbiyi Xavi kataloniyaliklar Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland bilan kelishuvga erisha olmasa, «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni qo‘lga kiritishga urinishi mumkinligi haqida gapirdi.
RMC Sport nashrining yozishicha, Xavi Saloh 2017 yilda «Liverpul»ga kelganidan beri o‘zining professionalligini isbotlashdan to‘xtamaganini bir necha bor ta’kidlagan va Kataloniya klubiga misrlikni olib kelish kerakligini aytgan.
Ispaniya matbuoti Salohning gol urish qobiliyati Kataloniya klubi boshliqlarini o‘ziga tortayotgani haqida yozmoqda.
Saloh joriy mavsumda «Liverpul» safida barcha turnirlar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
29 yoshli misrlik futbolchining «qizillar» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, Transfermarkt futbolchining transfer bozoridagi narxini 100 mln yevroga baholagan.