Futbol

Xavi Levandovskiga hammasini ochiq aytdi

153

Jurnalist Matteo Morettoning ta’kidlashicha, «Barselona» ustozi Xavi «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskiga «Kamp Nou»da qurayotgan loyihasining mohiyatini shaxsan o‘zi tushuntirib bergan. Shunday keyin Polsha terma jamoasi yetakchisi Kataloniya klubiga o‘tishga tayyor ekanligini bildirgan, biroq hozircha kelishuv rasman amalga oshgani yo‘q.

Bugun «ko‘k-anorranglilar» Robert uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi va futbolchi uchun yiliga 40 million yevro maosh to‘lamoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu ham hali o‘z tasdig‘ini topmadi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Robert Levandovski Germaniya chempionatida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan.

Fikr bildirish