Argentina terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabrisio Kolokchini faoliyatini yakunlaganini elon qildi, deb xabar beradi Sky Sports.
Serxio Aguerodan keyin yana bir argentinalik afsonaviy futbolchi muxlislar bilan xayrlashdi. «Men futboldagi barcha orzularimni amalga oshirdim», deb yozadi Kolokchini.
Keling, uning faoliyatiga qisqacha to‘xtalamiz. Undagi eng yaxshi yillarini oq-qora chiziqdagi futbolkada o‘tkazgan.
Markaziy himoyachi 39 yoshida professional faoliyatini yakunlamoqda. Kolokchinining so‘nggi klubi Argentinaning «Aldosivi»si bo‘lib, u shu yilning iyul oyidan beri bu yerda o‘ynagan. Himoyachi Yevropada «Deportivo» va «Nyukasl»dagi o‘yinlari bilan tanilgan edi. Fabrisio ikkita fuqarolikka ega (Argentina va Italiya), lekin u Argentina terma jamoasida o‘ynashni tanlagan. Aynan shu mamlakatlarning gigant klublarida u o‘z faoliyatini boshladi, xususan, «Boka Xuniors» va «Milan»da, u jami uchta o‘yin o‘tkazdi va bitta gol urdi. Ha sal g‘alatiroq eshitilishi mumkin, lekin shunday.
«Milan» uchun u bitta o‘yin o‘tkazdi. Biroq u bu klubda olti yildan kamroq vaqt davomida to‘p tepgan. O‘shanda «rossonerilar» himoyasida Maldinilarning raqobatini sindirish qiyin edi. Shu sababli bo‘lsa kerak, Fabrisio «Milan»da ko‘p vaqtini ijarada o‘tkazdi. «San-Lorenso»dagi muvaffaqiyatli davrlardan so‘ng, La Liga klublari unga e’tibor qarata boshladi. Ispaniyada u bir mavsumni «Alaves», «Atletiko» va «Vilyarreal»da o‘tkazdi. La Liga safarini omadsiz o‘tdi deyish qiyin.
2004 yilda Kolokchini yana «Milan»ga qaytdi, lekin o‘z klubi uchun birorta ham o‘yin o‘tkazishiga imkon berilmadi va 2005 yilning qishida u Ispaniyaning «Deportivo La Korunya» klubiga sotildi va u yerda nihoyat barqarorlikka erishdi.
Galisiya klubidagi to‘rt yillik faoliyati davomida Fabrisio 105 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan. 2008 yilning avgust oyida Kolokchini «Nyukasl Yunayted» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Shuningdek, Argentina terma jamoasida Fabrisio 39 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Bundan tashqari, u 2001 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati va 2004 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga ham aylandi. «Nyukasl» shon-shuhrat zalida u Alan Shirer va Pol Gaskoyn kabi afsonalar orasida sharafli o‘rin egallaydi.