Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Xoland tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.
21 yoshli futbolchi Rojdestvo bayramini Marbelyeda o‘tkazmoqda.
Muxlislar norvegiyalik futbolchini tanib, uning kelajagi haqida savol berishdi. Erling esa bunga «men bu yerda, Ispaniyada o‘ynayman» deb javob bergan.
Avvalroq, La Ligada hujumchiga ikki klub – «Real» va «Barselona» qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Joriy mavsum norvegiyalik futbolchi «Borussiya» safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.