“Borussiya D”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi borasida bir qarorga kelgan.
Jurnalist Janluka Di Marsio xabar berishicha, u ham huddi Kilian Mbappe singari “Real”da o‘ynashni xohlaydi va agentiga dastlab Madrid klubi bilan muzokara o‘tkazishini so‘ragan. Agar kelishuv o‘xshamasa boshqa – “Barsa”, “Chelsi” va MYU kabi variantlarni ko‘rib chiqadi.