Sportchining so’zlariga qaraganda, u sog’ligidagi muammo sabab, oktagonga qaytishga shoshilishni istamagan.
“Kunlardan birida uyg’onib, bo’ynimda og’riq sezdim. Avvaliga, bu noto’g’ri yotganim tufayli bo’lsa kerak deb o’yladim. Zalda odatiy mashg’ulotlarni o’tkazdik, himoyada zarbalardan birini o’tkazib yubordim va birdan bo’ynimda og’riq sezdim. CHap qo’lim va tanamning chap tomonini sezmay qoldim.
Ular shunchaki ishlamayotgan edi. Falaj bo’lib qolgan edi. Bu normal holat emasligini tushundim. Yomon bo’ldi.
SHifokor huzuriga bordim, MRT qildirdik. Malum bo’lishicha, bo’ynimdagi disk bilan bog’liq muammolarim bor ekan. U nerv tolalariga tasir o’tkazarkan. SHuning uchun men qo’rqayotgandim.
Bu qo’rqinchli edi. Nima bo’layotganini tushunmasdim. G’alati, yangi, qo’rqinchli tuyg’u edi. SHifokor uch hafta davomida davolanishimni, agar bu yordam bermasa, operaciya qilishlarini aytdi. Yaxshiyamki, operaciya bo’lmadi”, – deya Blaxovichning so’zlarini keltiradi MMA Fighting.