Boks/MMA

Yarimo’rta vazn reytingida 11-o’rinni egallab turgan Xamzat CHimaev 2022 yili o’tkazilishi lozim bo’lgan asosiy jangi haqida gapirdi.

396

Asli chechenistonlik jangchi yil yakuniga qadar UFC chempioni Kamaru Usmanga qarshi oktagonga chiqmoqchilishi va mavsumni divizionning yangi chempioni sifatida yakunlamoqchi ekanini yashirmayapti. Bu haqida “Borz” o’zining “Instagram”dagi sahifasida malum qildi. 

«2022 yil. InSHaAllah» – deya o’zining Instagram sahifasida qisqa xabar qoldirgan CHimaev.

Nigeriyalik 34 yoshli Kamaru Usman 2021 yilda o’z kamarini uchta jangda himoya qildi. U Gilbert Berns va Xorxe Masvidalni nokautga uchratdi, Kolbi Kovingtondan esa ochkolar hisobiga ko’ra ustun keldi. Usman keyingi jangini reytingning uchinchi pog’onasidan joy olib turgan britaniyalik Leon Edvardsga qarshi o’tkazadi. 

SHveciya sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Xamzat CHimaev esa UFC promoushenida muddatidan oldin qozonilgan to’rtta g’alabali seriyani davom ettirmoqda. So’nggi jangida Li Jinliangni birinchi raundning o’zida bo’g’ish usulida taslim etgandi. Xamzatning keyingi raqibi Nil Megni yoki Belal Muhammad bo’lishi mumkin.

Fikr bildirish