Boks/MMA

Yarimo’rta vazn toifasida qozog’istonlik UFC jangchisi, sobiq M-1 Challenge chempioni SHavkat Rahmonov Mishel Pereyrani oktagonga chorladi.

183

Rahmonov kecha Las-Vegasda o’tgan UFC Fight Night 200 turnirida Karlston Xarrisni birinchi raundning o’zida nokautga uchratgan edi. Kechagi g’alabali jangidan so’ng Rahmonov rejalari bilan o’rtoqlashdi.  

“O’zimni juda yaxshi his qilyapman. G’alaba qozongan payting boshqacha hissiyot bo’lmasa ham kerak. Lekin raqibim juda xavfli bo’lib, ikkita jangda nokautli g’alabaga erishgandi. 

Men hozirning o’zida Top-10 yoki Top-15 reytingdan o’rin olgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Agar Top-15dan raqib topilmasa, u holda menga Mishel Pereyrani berishsin. U juda ham qiziqarli jangchi. Yaqinda u mening jamoadoshim Andre Fialoni mag’lubiyatga uchratdi. Men u uchun revansh olmoqchiman. 

Reja bo’yicha navbatdagi jangimni yoz oylarida o’tkazmoqchiman. Hozir uyga qaytaman, jamoadoshlarim va murabbiylarim bilan maslahatlashgach, bu borada yakuniy bir qarorga kelaman”, – dedi Rahmonov.

Fikr bildirish