Ushbu yosh toifasidagi Rossiya birinchiligining ilk turida ekaterinburglik kichik shayba ustalari “Zaryad” jamoasi bilan o’ynadi va yirik 17:1 hisobida g’alaba qozondi. Unda maydonga tushgan hamyurtimiz Gordi Xou xet-trigini qaytarishga muvaffaq bo’ldi. Yani, Azimov o’tgan o’yinda gol+assist+2 daqiqalik jarimani (raqibi bilan mushtlashib, uni mag’lub etgani uchun) o’z hisobiga yozib qo’ydi.
Keyingi uchrashuv Ufaning “Salavat Yulaev” yoshlariga qarshi kechadi. Bo’lajak bahslarda ham yosh xokkeychimizga omad tilab qolamiz.