Turinning «Yuventus» klubi «Barsa» hujumchisi Usman Dembeleni yozda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, «keksa sinyora» allaqachon 23 yoshli futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. Usmanning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi bitimi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. «Yuventus» agar Dembele kelishuvni uzaytirmasa uni kelasi yil tekinga qo‘lga kiritishni reja qilgan.
Ma’lumot uchun, Dembelening hozirgi transfer narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.