«Manchester Yunayted» Ole-Gunnar Sulsher istefoga chiqargach, yangi murabbiy qidirmoqda. Asosiy nomzodlardan biri «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan. Biroq fransiyalik «Manchester Yunayted» taklifini rad etdi.
Cuatnaro nashrining yozishicha, Zidan ingliz tilini yetarlicha bilmagani uchun Angliyada ishlashni istamayapti. Shuningdek, Zidanning rafiqasi boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni qat’iyan rad etgani qayd etilgan.