Boks/MMA

19 iyul o’zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

140

Mamalakatimizning eng mashxur sportchilaridan biri, O’zbekiston MMA Associaciyasi vice-prezidenti Murod Xonto’raev avtohalokat tufayli vafot etdi.

Qora kun

Voqea Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida marhum boshqaruvidagi “BMW X5” avtomashinasida ro’y bergan. SHu kuni soat 11:30 larda bir yo’nalishda harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtoulov bilan to’qnashuv natijasida Xonto’raev boshqaruvidagi mashina yo’ldan chiqib ketgan va sportchi voqea joyida vafot etgan. Bir kun o’tib esa, Xonto’raevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anarboev ham bo’lganligi haqida xabar berildi. Anarboev shifoxonaga olib borilgan kuni chuqur “koma” holatida bo’lgan va keyinroq uning “koma”dan chiqqanligi malum qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda mudxish hodisa haqidagi turli videolar, xabarlar tarqaldi. Bazi kimsalar bu voqeadan foydalanib turli mish-mishlar tarqatishga, birozdan so’ng gaplarining barchasi yolg’onligini aytib uzr so’rashga ham ulgurdi. Murod Xonto’raevning shogirdi “avariya” qanday bo’lganini so’zlab berdi:

“Akamga o’zimga ishongandek ishonardim. Biz o’z yo’limizda kelayotgan edik, adashmasam “Lacetti” bizni qisib qo’yishga harakat qildi. Keyin nima bo’lganini bilmayman. SHifoxonada ko’zimni ochdim. Avtohalokatda omon qoldim, akam esa bu yorug’ olamni tark etdilar. Joylari jannatlarda bo’lsin. Odamlar hamma narsalarni gapiraveradi. Men bitta narsani aytishim mumkinki, Murod akamdek inson boshqa yo’q. Ular bitta gap bilan yuraklarni zabt etardilar”,- dedi Anarboev

Biz uning tezroq sog’ayib oilasi bag’riga qaytishiga tilakdoshmiz. Endi esa, bu dunyoni juda yosh tark etgan, ko’plab o’zbek yigitlari uchun mardlik ramziga aylangan Murod Xonto’raev haqida to’xtalamiz.

Oshpazning chempion o’g’li

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

Qahramonimiz 1987 yil 4 iyul Toshkent shahrida oshpaz va uy bekasi oilasida dunyoga kelgan. Bu haqda sportchi ko’plab intervyularida gapirgan. Oddiy oshpazning farzandi ham chempion bo’lishi, hamma narsa harakatga bog’liqligi to’g’risida yoshlarga maslahatlar bergan:

“Dadam butun umr oshpaz bo’lganlar, onam uy bekasi. Biz birinchi o’rinlarni olib yuribmizku. Menga sen bu o’rinni olamaysan, boyning o’g’li oladi deb aytishmagan. SHuncha chempionlarni taniyman, hammasi oddiy oiladan. Boy oiladan ham bor chempionlar, oilasi ham boy, o’zi ham kuchli”, – deya yoshlar orasida shakllangan ayrim negativ fikrlarga munosabat bildirgan edi Xonto’raev.

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

U ilk bor sport zaliga besh yoshida borgan. “O’shanda taxminan 5 yoshda edim. Tishim og’rigan, shunda dadam meni stamotologga olib borganlar va agar yig’lamasang seni karatega olib boraman degandilar. Og’riq jonimdan o’tib ketgan, lekin yig’lamaganman, chidaganman. SHu tariqa ilk bor karatega borganman”, – deya xotirlaydi otasi ilk murabbiyi bo’lganini takidlar ekan sportchi.

SHov-shuvlar orasidagi Xonto’raev va mardlik

Keyinchalik qo’l jangi, kikboksing va universal jang bo’yicha ham yuksak natijalarga erishdi. Siz uning janglarini ko’rgansiz, raqiblari haqida ham etarli malumotlarga egasiz. Murod Xonto’raevning atrofidagi shov-shuvlar hech qachon tin olmagan. Xonto’raev ayni mashxurlik cho’qqisiga chiqqan kezlarda yurtimizda aralash jang sanatlariga etibor juda past edi. Ayni shu sababdan ko’plab yakkakurashchilarimiz boshqa davlatlarda faoliyat olib borgan. SHunga o’xshash holat Xonto’raev bilan ham bo’lgan. Sochida bo’lib o’tgan “League S-70” turnirida rossiyalik Evgeniy Eroxinni nokautga uchratgan hamyurtimiz Qozog’iston bayrog’i ostida jang qilgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hamda Qozog’iston davlat rahbari Nazarboev kechani bevosita arenaning o’zidan tomosha qilgan. Jangdan keyin Nazarboev sportchimizga omad tilagani va Xonto’raev Qozog’iston bayrog’i ostida jang qilgani juda ko’plab tanqidlarga sabab bo’lgan. Jurnalistlardan biri shunday siyosiy shaxslarning ko’z o’ngida jang qildingiz, bu ham bir baxt deganida, “Bu men uchun baxt emas, men rossiyalik yoki qozog’istonlik bo’lganimda bu menga baxt bo’lardi. Men o’z Prezidentimning ko’z oldida jang qilsam, ana shu menga baxt bo’ladi”, – deb javob bergan edi “Osiyo ayig’i”.

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

Uning atrofidagi shov-shuvlardan biri “ko’cha jangi” ortidan qamalgani, keyinchalik yana qayta pichoqlanganidir. Ikkinchi bor unga hujum uyushtirilganidan keying sudda jabrlanuvchi Xonto’raev ayblanuvchilarga nisbatan hech qanday davosi yo’qligini malum qilgan, suddan ularning jazosi engillashtirilishini so’ragan. Aynan shu jihat uning mardligiga yana bir dalildir. Mardlik haqida so’z borganda Yuriy Prosenkoga uchralgan mag’lubiyat to’g’risidagi fikrlarini eslatib o’tishni joiz topdik:

“Avallo, bu – sport. SHunday ekan bunday natijalar bo’lib turishi mumkin. Jangdan bir kun avval tana haroratim 39 darajaga chiqib ketdi. Dori-darmon, ukol qilib jangga qadar tiklanishga ulgurdim. Lekin baribir kuch-quvvatim mukammal darajada emasdi. Bu bilan o’zimni oqlamoqchi emasman. Yutqazdimmi, demak tan olish kerak. Ushbu fikrlarni ilgari surganimga sabab, o’sha kuni imkoniyatim darajasida jang olib borolmaganimni izohlamoqchiman xolos”.

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

Jang maydonida engilgan, biroq hayotda yutqazmagan jangchi 

Keyinchalik sportchi “ko’cha ishlari”dan chetlashib, mamlakatimizda MMA sportining rivojiga hissa qo’sha boshladi. SHu tariqa sportchilik faoliyatiga ham qaysidir manoda yakun yasalgandek bo’ldi. MMA chimizga Bellator, UFC’dan takliflar bo’lgani, biroq rad javobi berilganidan xabaringiz bor. Bunga sabab qilib esa hayotda sportdan boshqa ishlari ham borligi ko’rsatgan. Xonto’raevning “qo’li ochiq” inson ekanligi sir emasdi. Bu borada namuna qilib ko’rsatsa arziydigan shaxs. Uning o’zini tutishi, gaplari, amallariga etibor berar ekanmiz vatanparvarlik, mardlik qanday bo’lishi kerakligini tushuna boshlaymiz. Boshidan kechirganlari esa fikrlarini yana charhlaganiga guvoh bo’lamiz.

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

“Men hayot yo’limda hech qachon yutqazmaganman. Men bilan bo’lgan har bir muammoli vaziyat – men uchun yutuq. Har qanday ko’ngilsizlikning yaxshi tomonini topib ketaman”, – derdi har narsadan hikmat qidirgan inson.

Jangchining jang maydoniga kirishidan maqsadi bo’ladi. Kimdir pul uchun, kimdir mashxurlik uchun, yana kimdir qon uchun. Murod Xonto’raevda umuman boshqa maqsad bor:

“Men jangga pul uchun chiqmayman. Kamarlarim, yutuqlarimni, bu natijalarga qanday mashaqqat bilan erishganimni farzandlarimga ko’rsatish uchun jang qilaman. Kamarlar menga boshqa hech narsa qilib bermaydi, qornimni to’ydirmaydi. Qozonga solsa sho’rva bo’lmaydi”.

Kim kimdan ayrildi?

O’sha mudhish kundan buyon ijtimoiy tarmoqlar Murod Xonto’raevning suratlariyu, videolari bilan to’lib toshdi. Sport oilasi chin manoda qayg’uga botdi. SHogirdlari, u yaxshilik qilgan insonlar, umuman Murod Xonto’raev nomini bilgan barcha-barcha uning haqqiga duo qildi. Mard edi, qo’li ochiq edi, samimiy edi, motivator edi, yuragi shernikidek edi, yaxshiliklarini unutmaymiz. SHu kabi iliq fikrlar. Aslida har birimiz o’zimdan yaxshi nom qoldirish uchun yashaymiz. Bildimki, Xonto’raev bu ishni alo darajada uddalagan.

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

“Birinchi jangimda oktagonga chiqqanimda juda qo’rqqanman. Kirishim bilan eshikni qattiq yopishgan. Nima bo’lar ekan deb o’ylaganman. Keyin sal oldinga borsam referi qo’li bilan ortga yur ishorasini qilgan. O’shanda oktagondan chiqib ket deyapti deb juda xursand bo’lganman”, – deya kulib eslaydi ilk jangini Murod Xonto’raev. O’sha jangda u hozirgi kunda UFC’da faoliyat olib borayotgan Ioan Kucelabaga qarshi kurashgan edi. To’qnashuv ilk daqiqadayoq hamyurtimizning g’alabasi bilan yakunlangan. Kucelaba sobiq raqibining vafotini eshitib Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali marhumning yaqinlariga taziya izhor qildi.

To’g’risi, bu qo’rquv haqida eshitib nahotki, jangchilar ham qo’rqsa deb o’ylagandim… Yana bir qo’rquv bor ediki, unga mag’lub bo’ldi…

19 iyul o'zbek sporti tarixida qora kun kun sifatida qoldi.

Marhum farzandlarini ham sport ichida tarbiyalayotgan edi. Uning 3 nafar o’g’il farzandi bor. Intervyularining birida o’limdan qo’rqishi, aslida o’limdan emas, agar u o’lsa farzandlari, ota-onasiga u bergan etibor va mehrni hech kim berolmasligidan qo’rqishini aytgan edi. 3 farzand otasiz, bir oila suyanchiqsiz, ota-ona farzandsiz, o’zbek sporti esa bir mard o’g’lonisiz qoldi…

Sarvinoz RAXMONQULOVA tayyorladi

Fikr bildirish