Tennis

19 yoshli Karlos Alkaraz jahonning 6-raketkasiga aylandi. Tennischilarimiz ham yuqoriladi + POSTER

56

O’tgan hafta bilan taqqoslaganda reytingning Top-10’ligida bir nechta o’zgarish kuzatildi. Madrid “Masters”ida chempionlikni qo’lga kiritgan ispaniyalik Karlos Alkaraz reytingda 3 pog’ona yuqorilab, jahonning 6-raketkasiga aylandi. Rossiyalik Andrey Rublyov va kanadalik Feliks Oje o’z o’rnidan 1 pog’ona yuqorilagan bo’lsa, italikyalik Mateo Berrettini 2, Kasper Ruud 3 o’rin pastladi. ATR reytingini serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. 

Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin yangilangan reytingda o’z o’rnidan 3, Humoyun Sultonov 5, Sanjar Fayziev 2, Saidalo Saidkarimov 2, Jo’rabek Karimov 5 pog’ona yuqoriladi. Tennischilarimizdan faqat Sergey Fomin pastladi. U reytingda 21 pog’ona pastga tushib ketdi.

ATP reytingi. Top-10. 9 may holatiga ko’ra:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 8260 ochko
2. (2) Daniil Medvedev (Rossiya) – 7990
3. (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 7020
4. (4) Rafael Nadal (Ispaniya) – 6435
5. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) – 5750
6. (9) Karlos Alkaraz (Ispaniya) – 4773
7. (8) Andrey Rublyov (Rossiya) – 4115
8. (6) Matteo Berrettini (Italiya) – 3895
9. (10) Feliks Oje (Kanada) – 3760
10. (7) Kasper Ruud (Norvegiya) – 3760

O’zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o’rni:

296 (299). Denis Istomin – 161

423 (428). Humoyun Sultonov – 91

667 (669). Sanjar Fayziev – 33

837 (816). Sergey Fomin – 20

1162 (1164). Saidalo Saidkarimov – 6

1211 (1216) Jo’rabek Karimov – 5

1637 (1679) Olimjon Nabiev – 2

1809 (1839) SHonig’matjon SHofayziev – 1

Fikr bildirish