Futbol

2021 yilgi Coca Cola Superliga bahslari o’z yakuniga etdi.

72



2021 yilgi Coca Cola Superliga bahslari o'z yakuniga etdi.

Superliga-2021. Dragan CHeran ketma-ket uchinchi marta to’purar bo’ldi va Irismetovga etib oldi

Teglar : 
Dragan CHeranTo’purarCoca Cola Superliga
2021 yilgi Coca Cola Superliga bahslari o’z yakuniga etdi.

Mavsum davomida 16ta gol urgan "Paxtakor" azosi Dragan CHeran ketma-ket uchinchi yil Superliga to’purari bo’ldi. Ikkinchi o’rinni "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo’ja Abduxoliqov egalladi – 14ta gol. "Nasaf" hujumchisi Husayin Norchaev 13ta gol urib to’purarlar poygasida uchinchi o’rinni egalladi.

Umuman olganda sakkizinchi marta xorijlik futbolchi O’zbekiston chempionatida to’purar bo’ldi. Dragan CHeran O’zbekiston chempionatida uch mavsum to’purar bo’lgan birinchi futbolchiga aylandi.

CHeran O’zbekiston chempionatida eng ko’p to’purar bo’lish bo’yicha mutlaq rekordchi hisoblangan Jafar Irismetovga etib oldi. Ayni paytda "Paxtakor" sport direktori sifatida ishlab kelayotgan Irismetov 1996, 1997 va 2000 yillarda jami uch marta to’purar bo’lgan.

O’zbekiston chempionati to’purarlari:

1992 – Valeriy Kechinov ("Paxtakor") 24 ta gol

1993 – Rustam Do’rmonov ("Neftchi")  24 ta gol

1994 – Ravshan Bozorov ("Neftchi")  26 ta gol

1995 – Oleg SHackix ("Navbahor")  26 ta gol

1996 – Oleg SHackix ("Navbahor"), Jafar Irismetov ("Do’stlik")  23 ta gol

1997 – Jafar Irismetov ("Do’stlik")  34 ta gol

1998 – Mirjalol Qosimov ("Paxtakor"), Igor SHkvirin ("Paxtakor") 22 ta gol

1999 – Umid Isoqov ("Neftchi"), Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon") 24 ta gol

2000 – Jafar Irismetov ("Do’stlik")  45 ta gol

2001 – Umid Isoqov ("Neftchi")  28 ta gol

2002 – Baxtiyor Hamidullaev ("Andijon")  22 ta gol

2003 – Marsel Idiatulin ("Qizilqum"), SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor")  26 ta gol

2004 – SHuhrat Mirholdirshoev ("Navbahor") 31 ta gol

2005 – Anvar Soliev ("Paxtakor") 29ta gol

2006 – Pavel Solomin ("Traktor") 21 ta gol

2007 – Ilhom Mo’minjonov ("Quruvchi") 21 ta gol

2008 – Server Jeparov ("Bunyodkor") 19 ta gol

2009 – Rivaldo ("Bunyodkor") 19 ta gol

2010 – Alisher Xoliqov ("Neftchi"), Nosir Otaqo’ziev ("Olmaliq") 13 ta gol

2011 – Milosh Trifunovich ("Bunyodkor") 17 ta gol

2012 – Anvar Berdiev ("Neftchi") 19 ta gol

2013 – Oleksandr Pishur ("Bunyodkor") 19ta gol

2014 – Artur Gevorkyan ("Nasaf") 18 ta gol

2015 – Igor Sergeev ("Paxtakor") 23 ta gol

2016 – Temurxo’ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") 22 ta gol

2017 – Marat Bikmaev ("Lokomotiv") 26 gol

2018 – Tiago Bezerra ("Paxtakor") 18 gol

2019 – Dragan CHeran ("Paxtakor") 23 gol

2020 – Dragan CHeran ("Paxtakor") 20 gol

2021 – Dragan CHeran ("Paxtakor") 16 gol

Fikr bildirish