Futbol

2021 yilgi O’zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

170



2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Superliga-2021. Mavsumning yakuniy statistikasi

Teglar : 
mavsum statistikasiSuperliga-2021
2021 yilgi O’zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Bu mavsumda 182ta o’yin o’tkazildi. Darvozalarga 419ta to’p kiritildi (o’rtacha har bir o’yinga 2,3tadan to’p to’g’ri keladi).

«Paxtakor», «Bunyodkor» va «So’g’diyona» o’z maydonda mag’lub bo’lishmadi. «Turon» safarda umuman yuta olmadi.

«Paxtakor» o’z maydonida darvozasidan eng kam to’p o’tkazib yubordi – 5ta. «Andijon» esa o’z maydonida darvozasidan eng ko’p to’p o’tkazib yubordi – 19ta.

«So’g’diyona» safar uchrashuvlarida o’z darvozasidan eng kam – 8ta gol o’tkazib yuborgan. «Surxon» safar uchrashuvlarida o’z darvozasidan eng ko’p – 28ta to’p olib chiqdi.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.
«Nasaf» o’z maydonida eng ko’p gol urgan – 29ta. «Turon» o’z uyida eng kam 9ta gol urdi.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida eng ko’p to’p kiritdi – 25ta. «Surxon» safar uchrashuvlarida eng kam to’p kiritdi – 6ta.

«Paxtakor» o’z maydonida eng ko’p ochkoni qo’lga kiritdi – 35ta. «Andijon» o’z maydonida eng kam ochko yig’di – 11ta.

Safar uchrashuvlarida ham «sherlar» eng ko’p ochkoni qo’lga kiritishgan – 25ta. «Turon» safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo’lga kiritgan – 4ta.

Superligada urilgan 419ta goldan 236tasi (56,32%) mezbonlar, 183tasi (43,68%) mehmonlar hisobiga yozildi.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Bo’lib o’tgan 182 uchrashuvning 83tasida (45,6%) maydon egalari, 51tasida (28,02%) mehmonlar zafar quchishgan. Yana 48 o’yinda (26,37%) esa tomonlar murosa ko’chasini tanlaganlar.

Mavsum davomida futbolchilar jami 830 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o’rtacha har bir o’yinga 4,56tadan kartochka to’g’ri keladi). 36 marta futbolchilarga qizil kartochka ko’rsatildi (o’rtacha har bir o’yinga 0,2tadan chetlatish to’g’ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 76 marta 11 metrlik belgini ko’rsatishdi. 57 holatda (75%) to’p darvozaga kiritildi. 19 vaziyatda esa to’p darvozaga “kirishni” xohlamadi.

CHempionatda 12ta avtogol qayd etildi. Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Luka CHermel («So’g’diyona»), Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Martin Boake («Andijon»), Kamoliddin Tojiev («Metallurg»), Ivan Yosovich («Qo’qon-1912»), Igor Golban («Navbahor»), Akrom Komilov (AGMK), Asror G’ofurov («Surxon»), Nizomiddin Ziyovutdinov («Turon»), Salim Mustafoev («Qizilqum»), Ibrohim Otaxonov («Andijon») o’z darvozalariga to’p kiritib qo’yishdi.

Mavsum davomida 28ta dubl qayd etildi. 22 futbolchi bir uchrashuvda ikki martadan gol urdi. Temurxo’ja Abduxoliqov («Lokomotiv») 3 marta, Husayn Norchaev («Nasaf»), SHerzod Temirov («Paxtakor»), Ibrohim Tomiva («Bunyodkor»), Dragan CHeran («Paxtakor») 2 martadan dublga erishishdi.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.
2021 yilgi Superligada ikki marta xet-trik kuzatildi. Qizig’i har ikkala xet-trik ham «Paxtakor» futbolchilari hisobiga yozildi. Dragan CHeran «Qizilqum» darvozasiga uchta gol urgan bo’lsa, Hojimat Erkinov «Lokomotiv» bilan bahsda shunday natija qayd etdi. Eslatib o’tamiz, CHeran 2019 va 2020 yilgi mavsumlarda ikki martadan xet-trik qayd etgandi.

CHempionatdagi 182 uchrashuvidan 15tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko’p 7ta yirik hisobdagi g’alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Nasaf» – «Surxon» (hisob – 6:0, 6-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo’lib o’tgan 182 uchrashuv 15 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko’p – 47 marta, 2:1 – 35 marta, 1:1 va 0:0 – 19 martadan, 2:0 – 17 marta, 2:2 va 3:1 – 10 martadan, 3:2 – 8 marta, 3:0 – 6 marta, 4:1 – 3 marta, 4:0, 5:0 va 4:2 – 2 martadan, 6:0 va 5:1 – 1 martadan uchradi.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.


Superliga-2021 seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar

G’alabali seriya – «Paxtakor» – 8 uchrashuv
Mag’lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» – 18 uchrashuv
Durangli seriya – «Andijon» – 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «Metallurg» – 15 uchrashuv
G’alabasiz seriya – «Turon» – 11 uchrashuv
Mag’lubiyatli seriya – «Andijon» – 7 uchrashuv
Golli seriya – «Qo’qon-1912» – 18 uchrashuv
Golsiz seriya – «Turon» – 5 uchrashuv
Ketma-ket gol o’tkazish seriyasi – «Metallurg» – 18 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Navbahor» va «Paxtakor» – 6 uchrashuv
Yirik g’alabali seriya – «Paxtakor» – 2 uchrashuv
Yirik mag’lubiyatli seriya – «Surxon» – 2 uchrashuv
Yirik g’alabasiz seriya – «Navbahor», «Andijon», «Qizilqum», «Surxon», «Metallurg», «Qo’qon-1912», AGMK, «Mashal» va «Turon» – 26 uchrashuv
Yirik mag’lubiyatsiz seriya – «Paxtakor», «Navbahor», «So’g’diyona», «Nasaf» va «Qizilqum» – 26 uchrashuv
CHetlatishli seriya – «Mashal» – 2 uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – «Navbahor» – 22 uchrashuv

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

Eng uzun seriyalar – Futbolchilar

Golli seriya – Dragan CHeran («Paxtakor») – 4 uchrashuv 5ta gol, Xurshid G’iyosov («Bunyodkor») – 4 uchrashuv 4ta gol, Temurxo’ja Abduxoliqov («Lokomotiv») – 4 uchrashuv 4ta gol, Erkin Baydullaev («Qizilqum») – 4 uchrashuv 4ta gol.
Quruq seriya (darvozabon) – O’tkir Yusupov («Navbahor») – 6ta o’yin, 661 daqiqa.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

 
Eng, eng, eng …

– eng ko’p g’alabaga erishgan jamoa: «Paxtakor» 19ta.

– eng kam g’alabaga erishgan jamoa: «Turon» 3ta.

– eng ko’p durangga erishgan jamoa: «So’g’diyona» 11ta.

– eng kam durangga erishgan jamoa: «Metallurg» 1ta.

– eng kam mag’lub bo’lgan jamoa: «So’g’diyona» 3ta.

– eng ko’p mag’lub bo’lgan jamoa: «Metallurg» 17ta.

– eng ko’p to’p kiritgan jamoa: «Paxtakor» 51ta.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– eng kam to’p kiritgan jamoa: «Turon» 16ta.

– eng ko’p to’p o’tkazib yuborgan jamoa: «Surxon» 43ta.

– eng kam to’p o’tkazib yuborgan jamoa: «So’g’diyona» 15ta.

– eng ko’p yirik g’alabaga erishgan jamoa: «Paxtakor» 7ta.

– eng kam yirik g’alabaga erishgan jamoa: «Navbahor», «Andijon», «Qizilqum», «Surxon», «Metallurg», «Qo’qon-1912», AGMK, «Mashal» va «Turon» – 0.

– eng kam yirik mag’lubiyatga uchragan jamoa: «Paxtakor», «Navbahor», «So’g’diyona», «Nasaf» va «Qizilqum» – 0.

– eng ko’p yirik mag’lubiyatga uchragan jamoa: «Surxon» 4ta.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Muhammadali O’rinboev («Paxtakor», 16 yosh 183 kunligida)

– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Kamoliddin Tojiev («Metallurg», 38 yosh 202 kunligida)

– gol urgan eng yosh futbolchi: Umarali Rahmonaliev («Bunyodkor») 18 yosh 65 kunligida)

– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Kamoliddin Tojiev («Metallurg», 37 yosh 321 kunligida)

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Umarali Rahmonaliev («Bunyodkor») 18 yosh 45 kunligida)

– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Kamoliddin Tojiev («Metallurg», 38 yosh 60 kunligida)

– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Odiljon Abdumajidov («Metallurg») 19 yosh 311 kunligida)

– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Lutfulla To’raev («Bunyodkor», 33 yosh 205 kunligida)

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– o’yinchilarining o’rtacha yoshi eng kichik bo’lgan jamoa: «Andijon» (23,8 yosh)

– o’yinchilarining o’rtacha yoshi eng katta bo’lgan jamoa: «Qizilqum» (30,6 yosh)

– eng ko’p to’p kiritgan futbolchi: Dragan CHeran («Paxtakor») – 16ta gol.

– bitta o’yinda eng ko’p to’p kiritgan futbolchi: Dragan CHeran va Hojimat Erkinov (ikkalasi «Paxtakor») – 3ta gol.

– maydonda eng ko’p harakat qilgan futbolchilar: O’tkir Yusupov («Navbahor») va Ignatiy Nesterov («Qizilqum») – 26 o’yin 2340 daqiqa (barcha o’yinlarda o’zgarishsiz).

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– eng ko’p sariq kartochka olgan futbolchi: Iskandar SHaykulov («So’g’diyona») – 12ta.

– eng ko’p qizil kartochka olgan futbolchilar: 36 nafar futbolchida – 1tadan.

– eng ko’p kartochka olgan jamoa: «Andijon» – 73ta (71ta sariq va 2ta qizil kartochka).

– eng kam kartochka olgan jamoa: «Surxon» – 48ta (46ta sariq va 2ta qizil kartochka).

– eng ko’p sariq kartochka olgan jamoa: «Andijon» va «So’g’diyona» – 71tadan

– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: «Nasaf» – 44ta

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– eng ko’p qizil kartochka olgan jamoa: «Nasaf» – 6ta

– eng kam qizil kartochka olgan jamoa: «So’g’diyona», «Navbahor», «Qo’qon-1912», «Lokomotiv» va «Qizilqum» – 1tadan

– eng ko’p penalti tepgan jamoa: «Lokomotiv» – 11ta

– eng kam penalti tepgan jamoa: «Surxon» va «Turon» – 3tadan

– darvozasiga eng ko’p penalti belgilangan jamoa: «Mashal» – 9ta

– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: «Paxtakor» – 1ta

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– eng ko’p penalti tepgan futbolchi: Temurxo’ja Abduxoliqov («Lokomotiv») va Dragan CHeran («Paxtakor»)- 8tadan.

– penaltidan eng ko’p gol urgan futbolchi: Temurxo’ja Abduxoliqov («Lokomotiv») va Dragan CHeran («Paxtakor»)- 8tadan.

– penaltidan eng ko’p gol ura olmagan futbolchi: Elguja Grigalashvili («Qizilqum») va Stanislav Andreev («Metallurg»)- 2tadan.

– eng ko’p “quruq” uchrashuv o’tkazgan darvozabon: Milan Mitrovich («So’g’diyona») va O’tkir Yusupov («Navbahor»)- 12tadan.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

– eng ko’p qayd etilgan hisob: 1:0 (47 marta).

– eng yirik hisob: «Nasaf» – «Surxon» 6:0

– eng ko’p gol kiritilgan daqiqalar oralig’i: 85-90 (54ta gol).

– eng kam gol kiritilgan daqiqalar oralig’i: 5-10 va 15-20 (14tadan gol).

– eng tezkor gol muallifi: Xurshid G’iyosov («Bunyodkor», 26-tur) – 19-sekund.

– eng kech gol muallifi: Mirjahon Mirahmadov («Bunyodkor», 19-tur) – 90+9-daqiqa.

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.

 

2021 yilgi O'zbekiston Superligasining yakunlangan mavsumning statistikasini taqdim etamiz.
			Muallif : Narzulla Saydullayev

Fikr bildirish