Boks/MMA

2022 yilda o’zbek boksida nimalar sodir bo’ladi?

639

Bu haqida biroz oydinlashgan ayrim malumotlarga tayangan holda havaskor va prof boksimizda qanday voqealar bo’lishi mumkinligi haqida so’z yuritamiz.

22 yoshlilar o’rtasida Osiyo chempionati

20-30 yanvar kunlari Toshkentda ilk bor o’tkazilayotgan 22 yoshlilar o’rtasidagi Osiyo chempionati bo’lib o’tadi. Osiyo boks konferederaciyasi matbuot xizmatining malum qilichicha, ushbu turnirda 1999, 2000, 2001, 2002, 2003 yillarda tug’ilgan bokschilar bahs olib borishadi. Hozirda ushbu yoshdagi terma jamoamiz Yangioboddagi bazada mashg’ulotlarni olib borishmoqda. Turkmaniston terma jamoasi tarkibi malum qilindi. Asosiy raqibimiz sanalgan Qozog’iston jamaosi kengaytirilgan tarkibni elon qilgandi. Biroq, mamalakatdagi siyosiy jarayonlar tufayli qo’shnilarimiz Toshkentga kela olmasliklari elon qilindi.

Iqboljon Xoldarovning AQSHga yo’l olishi va “Mir Boksa” bilan rasmiy shartnoma imzolashi

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Havaskor boksda anchayin tannaffus qilishga majbur bo’layotgan bokschimiz Iqboljon Xoldarov prof boksda ikkita jang o’tkazishga ulgurdi. Biroq Xoldarov “Mir Boksa” bilan rasmiy shartnoma imzolagani yo’q. Endi uning havaskor boksda katta chempionatlarda ishtirok etishi qiyinlashib qolganini ko’pchilik tushunib turibdi. Birinchidan, yaqin muddat orasida yirik turnirning o’zi yo’q. Ikkinchidan, bunday katta tanaffusdan so’ng murabbiylar unga imkon berishi qiyin. Xullas, Xoldarov endi prof boksda ham o’zini ko’rsatadi. Bunga shubha yo’q. Hammasi vizaning tezroq chiqishiga bog’liq. Bizdagi malumotlarga qaraganda, bu masalada tez kunlarda yangilik bo’ladi.

Ayolar o’rtasidagi jahon chempionati

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Mazkur chempionatga Turkiyaning Antalya shahri mezbonlik qiladi. Aslida dunyo birinchiligi 2021 yilining 6-19 dekabr kunlari bo’lib o’tishi rejalashtirilgandi. Butun dunyoda kechayotgan pandemik jarayon tufayli turnir 2022 yilining may oyiga ko’chirildi. Ayollar boksidagi sezilarli o’sish chempionatdan yaxshiroq natija kutishga undaydi. Ayniqsa, karerasini yakunlash fikridan qaytgan Tursunoy Rahimova Olimpiadadagi nohaqlik uchun ham borini beradi. O’zbekiston chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etgan Gulasal Sultonalieva uchun bu oxirgi musobaqa. Tokioda ishonchni oshirgan tajribali Rayhona Qodirovaning ham imkoniyatlari yuqori. Undan tashqari, har bir musobaqadan medal bilan qaytadigan umidli vakilamiz Navbahor Hamidova, Osiyo chempioni Sitora Turdibekova, kumush medal sohibasi Sitora SHagdarova kabi qizlarimiz o’zbek boksida yana bir bor tarix yaratishlari mumkin. Pandemiya yoki boshqa bir sabab tufayli chempionat yana ortga surilmasa, may oyi o’zbek bokschi qizlariga atalashini istardik!  

Osiyo O’yinlari

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

10-25 sentabr kunlari Xitoyning Xanjou shahrida XIX yozgi Osiyo O’yinlari bo’lib o’tadi. Olimpiadadan keyingi o’rinda turuvchi nufuzli musobaqa.

Jakartadagi tarkib butunlay yangilanishi aniq va bu tarkib nisbatan yoshroq bokschilardan tashkil topishini taxmin qilish mumkin. Murabbiylar mazkur Osiyo O’yinlarida 2023 yilda Toshkent mezbonligidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibni sinab ko’radi. Natijalar haqida oldindan aytish biroz mushkul. Tashqi omillar(hakamlar) tasir o’tkazmasa, birinchilik saqlab qolinishi mumkin. SHubhasiz, asosiy kurash qo’shnimiz Qozog’iston bilan bo’ladi. Osiyo O’yinlari o’z vaqtida tashkil etilishiga epidemiologik vaziyat tasir qilmasligiga umid qilamiz.

Isroil Madrimov – Mishel Soro revansh jangi. Yil yakunida WBA chempionlik kamari uchun jang

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Isroil Madrimov Mishel Soro bilan revansh jangi o’tkazib hammasiga nuqta qo’ysa, ikkinchi tarafdan o’zi uchun ham katta tajriba bo’ladi. 2 ta o’tish jangidan keyin, yil oxiriga qadar WVA kamarini o’ziniki qilish uchun oxirgi qadamni tashlaydi. Ayni vaqtda ushbu kamarga egalik qilayotgan Jermel CHarlo 26 fevral kuni mutlaq chempionlik uchun Brayan Kastano bilan to’qnashishi lozim edi. Lekin jang mart oyiga qoldirildi. U uchrashuvda CHarloning qo’li baland kelish ehtimoli yuqori. Kamar kimda bo’lishidan qati nazar Madrimov uni O’zbekistonga olib kelishiga ishonamiz.

Murodjon Ahmadalievning mutlaq chempionlik jangi

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Bu jang haqida rasmiy shaxslardan biror sado chiqmagan bo’lsada, ikki bokschi – WBA/IBF chempioni Murodjon Ahmadaliev hamda WBC, WBO kamarlari sohibi Stiven Fulton haqiqiy chempionni aniqlab olishga shoshilishmoqda.

Fulton hamyurtimizga «vyzov» tashlaganidan xabaringiz bor.

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?
			Ahmadaliev esa saytimizga bergan intervyusida 2022 yildagi asosiy maqsadi 4 ta kamarni birlashtirish ekanligini aytdi. Biroq WBC hamda WBO birgalikda Murodjonning sobiq raqibi Daniel Romanni majburiy davogar sifatida elon qilgan. Agar Stiven kamarlarini Danielga boy berib qo’ysa, KAKA uchun mutlaq chempionlikgacha bo’lgan yo’l biroz uzoqlashishi mumkin.

2022 yildan biz Bahodir Jalolovning o’zi takidlaganidek, Olimpiada chempioniga munosib raqiblar bilan jang qilishini kutamiz. 

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Havaskor boksda havas qilarli natijalarga erishgan SHahobiddin Zoirov hamda Mirazizbek Mirzahalilov faoliyatini professional boksda davom ettirishi ham eng ko’p kutilayotgan yangiliklardan biridir.

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Bektemir Meliqo’ziev esa «buyuk qaytish» qilishi kerak.

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

5 oyda 9 ta jang o’tkazib, o’zbek boksida rekord o’rnatgan yosh charm qo’lqop ustamiz Otabek Xolmatovdan esa janglar sonidagi darajani raqiblar sifatiga o’tkazishini kutamiz.

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Darvoqea, prof boksimizning yorqin yulduzi SHohjahon Ergashev MMA’da jang qilishi mumkin. Bu taxminlarimiz qanchalik o’zini oqlaydi, bilmaymiz. Ergashevning o’zi Instagramga qo’ygan postlariga oydinlik kiritmaguniga qadar, turli taxminlarga boraveramiz.

2022 yilda o'zbek boksida nimalar sodir bo'ladi?

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi.

Fikr bildirish