Futbol

Avval xabar berganimizdek, o’tgan mavsum “Surxon” jamoasida o’ynagan Jasur Yoqubov yaqinda “Lokomotiv”ga ko’chib o’tdi.

7



Avval xabar berganimizdek, o'tgan mavsum “Surxon” jamoasida o'ynagan Jasur Yoqubov yaqinda “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdi.

Jasur Yoqubov: “Lokomotiv”dagi raqobatga tayyorman”

Teglar : 
“Lokomotiv”Jasur Yoqubov
Avval xabar berganimizdek, o’tgan mavsum “Surxon” jamoasida o’ynagan Jasur Yoqubov yaqinda “Lokomotiv”ga ko’chib o’tdi.

Markaziy himoyachi 2021 yilgi Superligada jamoasining chinakam etakchisiga aylanib ulgurdi. Mudofaa chizig’idagi ishonchli o’yinlari  orqali muxlis va mutaxassislar etiborini tortgan 22 yoshli futbolchi endilikda faoliyatida yangi sahifa ochishga qaror qildi. SHu munosabat bilan Yoqubovni suhbatga chorladik. 

– Jasur, dastlab “Lokomotiv”ga o’tishingiz qanday amalga oshgani haqida aytib bersangiz.

– O’tgan mavsum menga ishonch bildirib, “Surxon”ga taklif qilgan murabbiy Rifat Akramxo’jaev “Lokomotiv” tizimida faoliyat yuritayotganini bilsangiz kerak. Aynan shu inson orqali “temiryo’lchilar” jamoasiga o’tdim. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladik. Endilikda asosiy etiborimni ushbu jamoaga qarataman.

– O’tgan mavsum “Surxon” jamoasida ishonchli o’yinlaringiz bilan uning xaqiqiy etakchisiga aylangan edingiz. Naxotki sobiq klubingiz sizni olib qolish uchun xarakat qilmagan bo’lsa?  

– Yo’q, “Surxon” rahbariyati meni joriy mavsum jamoada qolishimni istagandi. Ammo o’zimni Toshkent klubida sinab ko’rishga qaror qildim. Oldimda “Lokomotiv”dan tashqari yana 2-3ta variantlar turgandi. Lekin ularni nomlarini hozir aytib o’tishdan mano yo’q. 

– “Lokomotiv”ning mudofaa chizig’i haqida fikringiz qanday?

– Himoyada malakali ijrochilar yig’ilgan. Tabiiyki raqobat kuchli bo’ladi. Men bunga tayyorman. Umid qilamanki, yangi jamoaga kirishib ketishim qiyin bo’lmaydi. 

– O’tgan mavsum Sizni “Surxon” jamoasiga “Qo’qon-1912” klubi ijaraga bergandi. Bu yil qo’qonliklar sizni yana ortga qaytarishni xohlamadimi?

– Avvalambor “Qo’qon-1912” jamoasiga kattakon rahmat aytaman. Meni shu darajaga etishishimda bu jamoaning o’rni katta bo’ldi. Ular ham jamoada olib qolishga xarakat qildi. Lekin o’zimni boshqa jamoada sinab ko’rishni istadim.

Fikr bildirish