“Sovetskiy sport” nashri O’zbekistonda tug’ilgan, bugungi kunda Qozog’iston sharafini himoya qiladigan sportchi haqida 10 ta faktni taqdim etdi.
Fakt-1
Avvaliga SHavkat Rahmonov O’zbekiston bayrog’i ostida jang qilgan, ammo 2017 yilda Qozog’iston fuqaroligini olganidan so’ng ushbu mamlakat sharafini himoya qila boshlagan.
Fakt-2
Rahmonov MMA haqida janglar yozilgan disklar orqali xabar topgan. Aynan o’sha disklardagi janglar SHavkatni yakkakurash bilan shug’ullanishga undagan.
Fakt-3
UFCning bo’lajak jangchisi yuk tashuvchilik va mashg’ulotlarni birgalikda olib borgan. Atrofdagilar uning muvaffaqiyatlariga ishonmagan. Uning MMAdagi yutuqlaridan ko’pchilik hayron qolgan.
Fakt-4
Rahmonov havaskor MMA bazasiga ega. 2013 yilda u havaskor MMAchilar o’rtasida eng yosh jahon chempioni unvoniga sazovor bo’lgan.
Fakt-5
2014 yilda SHavkat M-1 Global promouterlik kompaniyasi janglarida debyut qilgan.
Fakt-6
2019 yilning 30 mart kuni Rahmonov Danil Prikazni texnik nokaut evaziga mag’lub etadi va yarimo’rta vazn toifasida M-1 Global yo’nalishi chempioniga aylanadi.
Fakt-7
Rahmonov 2020 yilda UFCda debyut qilgan. U Aleks Olivveyrani birinchi raunddayoq mag’lub etgan.
Fakt-8
SHavkat ajoyib kurash ko’nikmalariga ega. Ammo yakkakurashlar sari yo’lni u boksda boshlagan.
Fakt-9
Qozog’istonlik sportchining statistikasi 14-0ni tashkil etadi.
Fakt-10
SHavkat Rahmonovning navbatdagi raqibi – 5 ta ketma-ket g’alabali seriyaga ega Lindsi Xarris bo’ladi.