Sayyoramizning uchinchi raqamli tennis malikasi, ruminiyalik Simona Xalep ikkinchi davrada reytingning 20-pog’onasidan joy olgan chexiyalik Marketa Vondroushovaga qarshi kortga chiqdi. Ellik olti daqiqa davom etgan bahsda Xalep raqibasidan ortiqcha qiyinchiliksiz ustun keldi – 6/1, 6/3.
Simona uchrashuv davomida 3 ta, Marketa esa 1 ta eys zarbasini ijro etdi. Xalep o’zaro uchrashuvlardagi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo’ldi – 1:2. Endi u chorak finalda shveycariyalik Belinda Benchichdan ustun kelgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi bahs olib boradi.