Serbia Open turnirining bosh sovrini uchun bahsda dunyoning 10-raketkasi Matteo Berrettini hamda rossiyalik Aslan Karacev o’zaro to’qnash kelishadi. Aslan yarim finalda sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovichni mag’lub etgan edi.
Ikki soatu 7 daqiqa davom etgan ikkinchi yarim finalda italiyalik tennischi reytingning 126-pog’onasidan joy olib turgan yaponiyalik Taro Danielni taslim etdi – 6/1, 6/7(5), 6/0. Matteo 10 ta, Taro esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob tenglashdi – 1:1.